Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/82
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#188634
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

Uzumning foydali xususiyatlari 
• Uzum mevasi A, C, B6 vitaminlariga boy. Shuningdek, kaliy, kal siy, temir, fosfor, magniy va selen 
moddalari ham talaygina. Ushbu foydali birikmalar yurakka quvvat bo’lib, immunitetni mustahkamlaydi.
• Uzum danagida A va E vitaminlari bo’lib, mevasi bilan birga yeyilganda organizmni yoshartiradi. 
• Ba'zilar uzum po’stini yoqtirishmaydi. Aslida esa aynan po’sti bilan iste'mol qilinsa, ichaklarda tiqin
hosil bo’lishining oldini oladi.
• Uzum ishtahani yaxshilaydi. Uyqusizlik, ishtaha yo’qolishi kabi holatlarda qora uzum sharbati yoki 
mevasi ayni muddao. 
• Uzumning qora navi buyrak va jigarni a'lo darajada tozalaydi. Husayni navi esa o’t pufagida tosh 
yig’ilishida ko’makchi vositadir. Shuningdek, peshob haydash xususiyatiga ham ega. 
• Foydali bo’libgina qolmay, uzumning ham nojo’ya ta'siri bo’lishi mumkin. Masalan, allergik 
holatlarga moyilligi borlar uchun qora nav uzum tavsiya etilmaydi. 
• Tarkibidagi antioksidantlar hisobiga bir bosh uzum mevasi asabni tinchlantiradi. Ayniqsa, uyqu
oldidan ozroq uzum yeyilsa, xotirjamlikka erishasiz. • Bu meva nafas yo’llari va o’pka xastaliklarida ham
asqatadi. Shu bois astmaga chalinganlarga vaqti-vaqti bilan uzum iste'mol qilish tavsiya etiladi. • Tavsiya 
tilmaydi:abet, oshqozon-ichaklardagi muammolar, semizlik, hazm faoliyati buzilganda.
Tabiat ne'matlarida barcha kasalliklarning davosi mujassam. Ular orasida eng keng tarqalgani va e'tibor 
qozongani — olma. Rivoyatlarga ko’ra, bu «janobi oliylari» Yer yuzida inson nasli paydo bo’lishiga 
sababchi bo’lgan ekan! 


61 
OLMANING FOYDALI XUSUSIYATLARI
Manbalarda aytilishicha, olmaning asl vatani Markaziy Osiyo bo’lib, dunyoda yetti mingga yaqin turi 
mavjud. O’zbekiston hududida esa yuzdan ortiq olma navlari o’stiriladi. 
Olmada C, B1, B2, P, E, A vitaminlari, kaliy, marganes va temir moddalari ko’p miqdorda mavjud. S va 
V vitaminlari barcha a'zolarda modda almashinuvini yaxshilaydi. P va E darmondorilari organizmni 
yoshartirib, teri va to’qimalar holatini tiklaydi. Kaliy moddasi arterial qon bosimini me'yorlashtirishi, tish 
emali va suyak to’qimalarini mustahkamlashi tadqiqotlarda ko’p bora o’z isbotini topgan. Olma tarkibidagi
pektin esa organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuborishga ko’maklashadi, shuningdek, qandli diabet
kasalligidan uzoqlashtiradi. Bu modda yana yuz terisining tarang va tiniq bo’lishini ta'minlaydi. 
Bundan tashqari, miyadagi zo’riqishlar, kayfiyatni xira qilib turadigan o’y-xayollarni unutishda ham 
olmaning yordamiga tayanish mumkin. Buning uchun yotoqxonadagi deraza tokchasiga xushbo’y hidli 
olmadan 1-2 tasini terib qo’yish, kifoya. 
Olmaning 80 foizi suvdan, qolgan 20 foizi foydali vitaminlardan tashkil topgan. 100 g yangi uzilgan 
olmada bor-yo’g’i 47 kilokaloriya mavjud. Unda yog’lar deyarli yo’q. Biroq tarkibi uglevodlarga boy bo’lgani 
uchun to’yimlilik darajasi yuqori. Shu sababdan ozishni istaganlar uchun yaxshi oziq bo’la oladi. 
Olmada chirish-bijg’ish jarayonini sekinlashtiruvchi, ichakdagi meteorizmni faollashtiruvchi moddalar
ko’p, shu sababli bu meva tanani zararli moddalardan tozalab, qorin dam bo’lishidan xalos qiladi. 
Oshqozon-ichak xastaliklarida, yo’g’on ichak yallig’lanishida va dizenteriyada olma yordamga keladi. 
Bundan tashqari, ozish niyatida bo’lganlarga 1 haftaga mo’ljallangan olmali parhez yaxshi yordam beradi. 
Bunda 7 kun davomida olmadan tayyorlangan salatlar, kompot va sharbatlar, gaz pechida dimlangan hamda 
bug’da pishirilgan olmali taomlar iste'mol qilinadi. 
Olma tarkibidagi dubil moddalar tanada peshob kislotasi to’planishiga qarshilik qiladi. Shuning 
uchun podagra kasalligida ham olmali parhez yaxshi naf beradi. Bundan tashqari, buyrak-toshi va o’t toshi 
kasalliklaridan saqlaydi, olmali parhez peshob va o’t ajralishini faollashtiradi. 
Olma qabziyatning oldini oladi. Buning uchun ertalab och qoringa 1-2 dona olma yyeyish talab etiladi. 
2-3 haftada bir marta 1 kun taom yemasdan faqat olma bilan oziqlanish yordamida organizmni tabiiy
usulda t ozalasa bo’ladi. 
Bu mevani xush ko’ruvchilar aqlli bo’lishadi. Chunki olma tomirlardag i qon harakatini maromiga
keltirib, parishonxotirlik, miya horg’inligiga qarshi kurashadi. Tadqiqotchilarning fikricha, kishi kuniga 3 
dona olma iste'mol qilsa, hatto ulug’ yoshda ham xotirasi mustahkam bo’lib, miyasi yuqori aniqlikda
ishlar ekan. 
Gipertoniyaning yengil turlarini dori-darmonsiz faqat olma yordamida davolash mumkin. Kundalik 
taomnomada doim olma bo’lishi tanadagi yurak faoliyati bilan bog’liq shishlarni bartaraf etadi, infarkt va 
insultning oldini olishga hissa qo’shadi. 
Olmadagi A vitamini apel sindagidan 50 foiz ko’p. U tanani shamollashdan va ko’zni xiralashishdan
saqlaydi. Mazkur mevada boshqa ne'matlarda uchramaydigan G vitamini mavjud. U, ayniqsa, yosh bolalar
uchun foydali bo’lib, ishtahani ochish va o’sib-rivojlanishni ta'minlaydi. 


62 
Olmada S darmondorisi banandagidan 10 marta ko’p. Biroq olma qancha ko’p turib, so’lib qolsa, 
undagi foydali moddalar shuncha kamayadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin