Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/82
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#188634
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

Shaftoli quvvat manbai
– u shakar va sellyulozaga boy. Bundan tashqari, uning tarkibida kaliy, temir, 
fosfor, magniy, ftor, A, C, B, E, K, PP vitaminlari, antioksidantlar va organik kislotalar bor. 
Shaftoli ochlikni qondiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Uning tarkibida kaliy va magniy ko’pligi 
uchun kamqonlik, yurak kasalliklari, stress holatlarida yaxshi foyda beradi. Og’ir kasalliklardan so’ng
organizm tiklanishi uchun shaftoli va uning sharbatini iste'mol qilish tavsiya etiladi. 
Shaftoli pigmentli dog’ va ajinlarning paydo bo’lishiga qarshi kurashib, terini yoshartirish xususiyatiga 
ega. 
Olimlar shaftoli tarkibidagi moddalar saraton hujayralarining o’sishini sekinlatishini aniqlagan. 
Shaftoli bargi va gulida ham davolash xususiyatlari mavjud. Ularning qaynatmasidan ich suruvchi va 
yallig’lanishga qarshi vosita sifatida foydalanish mumkin. Shaftoli danagidan tayyorlangan damlamani nafas
olish organlari kasallanganda va shamollashda terlatuvchi vosita sifatida foydalansa bo’ladi. 
Eslatma: shaftoli mag’zi zaharli. 
Mevaning po’stida allergiya chaqiruvchi gul changlari bo’lishi mumkin. Tozalangan yoki 
konservalangan shaftoli allergiyaga moyil insonlar uchun xavfsiz. 
Semirish yoki qandli diabet kasalliklarida shaftoli yyeyish tavsiya etilmaydi. 
Shaftolining kaloriya darajasi – 45 kkal. 
 
GILOS — NODIR NE'MAT 


57 
Gilos juda ham shirin va foydali meva ekanligi hech kimga sir emas. Ko’pincha uni yangi uzib olingani 
iste'mol qilinadi, chunki undan pishirib tayyorlangan murabbo va boshqa ko’rinishlardagi p ishiriqlarda gilos 
o’zining mazasi va foydali xususiyatlarini yo’qotadi. 
Gilos murabbosining shirinligi olcha murabbosidan qolishmasa ham, uy bekalari gilosdan kamdan-kam 
holda murabbo tayyorlashadi. 
Foydali xossalaridan tashqari gilosda bitta katta kamchilik bor! 
Gilosni haddan tashqari ko’p iste'mol qilingach, organizmda ortiqcha suyuqlik hazm bo’lmay to’xtab
qolishi mumkin, natijada ertasiga ertalab inson o’z tanasida shish paydo bo’lganini kuzatishi mumkin. 
Gilosning xuddi ana shu “kamchiligi” sababidan homilador ayollarni gilosni ko’p miqdorda iste'mol 
qilishdan qaytarishadi. 
Inson sog’lig’i uchun uchun gilosning asosiy foydalari: 
• Gilos qabziyat muammosini hal qiladi. Chunki bu meva iste'mol qilingach, tanada ichaklar faoliyatini
tezlashtirib yurgizadi va oqibatda modda almashinuvi me'yorda bo’lishi ta'minlanadi. 
• Pishiqchilikda gilos iste'mol qilinganda bolalarda ham, kattalarda ham immunitet mustahkamlanadi. 
Shifokorlar pishiqchilik mavsumida meva va sabzavotlarni me'yorida to’yib iste'mol qilishni tavsiya etishadi, 
bundan gilos istisno etilmaydi, chunki uning tarkibida juda ko’p miqdorda organizmni turli infeksiyalardan 
himoya qiluvchi va yangi immun hujayralari o’sib chiqishiga sabab bo’luvchi vitaminlar mavjud. 
• ”Asabiy” «psoriaz» i «ekzema» kabi teri kasalliklarini gilos yordamida davolash mumkin. Bunday
holda, kasallikni davolash jarayonida gilos yordamchi davolovchi vosita sifatida bu kasalliklardan tezroq 
forig’ bo’lishga yordam beradi, yolg’iz uni iste'mol qilish kasallikdan to’liq xalos eta olmaydi, shifokor 
belgilagan dori-darmonlarning o’rnini to’liq bosa olmaydi. 
• Agar kishida gemoglobin miqdori pasaygan bo’lsa yoki anemiya (kamqonlik) diagnozi qo’yilgan
bo’lsa, gilos bu xastaliklardan qutilishda qo’l keladi. Bunday kishi o’zini gilos iste'mol qilishdan tiyishi yoki 
cheklashi foydali bo’lmaydi, aksincha, uni bor-yo’g’i bir hafta davomida muntazam iste'mol qilib, 
gemoglobin miqdorini ko’tarish va anemiyadan forig’ bo’lish mumkin. 
• Erta toksikozni boshdan kechiruvchi homilador ayollar gilos iste'mol qilib bu noxush holatdan 
qutilishlari mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek, shifokorlar tanada ortiqcha shish paydo bo’lishining oldini 
olish va buyraklarni zo’riqtirmaslik maqsadida gilosni haddan tashqari ko’p iste'mol qilishdan qaytarishadi. 
Shu sababdan boshidan toksikozni kechirayotgan homilador ayollarga o’ntacha gilos (bundan ko’p emas) 
iste'mol qilishni tavsiya etishadi. 
• Qon bosimi oshib yuruvchi gipertonik xastaligi bor kishilar ham gilos iste'mol qilib, salomatliklarini 
yaxshilab olishlari mumkin. 
• Pishiqchilikda gilosni muntazam istemol qilib yurish arteriya bosimini bir me'yorda bo’lib turishiga 
yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin