MA’NAVIY-MA’RIFIY, TARBIYAVIY ISHLAR TUSHUNCHASI. MAXSUS MAKTABLARDA MA’NAVIY-MA’RIFIY, TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISHNING MAZMUNI
Reja: 1. Maxsus maktab-internatlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va uning turlari.
2. Maxsus maktab internatlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o`qituvchi va tarbiyachining roli.
3. Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar.
Abdullo Avloniy
“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot – yo najot – yo halokat – yo saodat –yo falokat masalasidir.”
Maxsus maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongi, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish KONSEPSIYASI”
tasdiqlandi
Maxsus pedagogika – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiliklari bor bolalarning rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korreksiya so‘zi lotincha-tuzatish, bartaraf etish degan so‘zlardan olingan. Har qanday fanning o‘z predmeti, maqsadi, vazifalari bo‘lgani kabi, maxsus pedagogika fanining ham o‘z predmeti, maqsadi, vazifalari mavjud. maxsus pedagogika fanining mavzu bahsi, predmeti
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalardir. Maxsus pedagogika fanining vazifasi-nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlarini, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganish, shular asosida ular uchun differensial yoki integratsiyalashgan, inkluziv sharoitda ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy adaptatsiyasi (moslashuvi) reabilitatsiyasi, ijtimoiylashuvi bilan shug‘ullanishdir.
Maxsus pedagogika fanining maqsadi – rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ijtimoiylashuvi, ijtimoiy adaptatsiyasi va reabilitatsiyasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha ertaroq tashxis qo‘yib, bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlar har xil bo‘ladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, bilinmaydigan holga keltiriladi, boshqalari esa kompensatsiyalanadi. Masalan, bola nutqida og‘ir nuqson bo‘lsa, ilk yoshda to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik chora-tadbirlar ta’sirida uni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson markaziy nerv sistemasidagi organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, aqli zaiflik shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa ham, biroq kamaytirish, ko‘zga ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan darajagacha tuzatish mumkin.
Maxsus pedagogika amaliyotida yana shunday toifadagi alohida yordamga muhtoj bolalar kuzatiladiki, ulardagi nuqsonni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlikning ayrim turlari shular jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash,
ya’ni kompensatsiyalash, o‘rnini bosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyatida muammosi bo‘lgan bolalar esa imo-ishora, daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.