Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar tushunchasi. Maxsus maktablarda ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mazmuni


Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə3/6
tarix30.03.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#91569
1   2   3   4   5   6
X9wCfRJxpvNQfiMLhmAl7uApZKCwnqIaHXaz0kn9

Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan “Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari” tog’risida O’zbekiston Respublikasining qonuni (https://lex.uz/docs/-5049511), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son hamda “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida Maxsus maktab-internatlari (“Muruvvat” uylari) tarbiyachilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy asoslari maxsus maktab internatlari (“Muruvvat” uylari) tarbiyachilari uchun tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlanish kursining maqsadi – zamonaviy ta’lim, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazam yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Alohida yordamga muhtoj bola maxsus yondashuvni talab etadi. Bolani shakllantirishni samarali amalga oshirish uchun har bir yosh davrlarida bola rivojlanishining psixologik qonuniyatlari haqidagi bilimlarni chuqur egallash darkor. Ushbu qonuniyatlarni esa korreksion pedagogika, maxsus psixologiya fanlari o‘rganadi. Demak, korreksion pedagogika va maxsus psixologiya alohida yordamga muhtoj bolalar realibitatsiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin