Maxsus maktablarda ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish Konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari
maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko‘tarish;
maktab o‘quvchilarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, xalqimizning ma’naviy qudrati va milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, ularga nisbatan faxr tuyg‘usini rivojlantirish;
o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida ma’naviy immunitetni mustahkamlash maqsadida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini targ‘ib etish, o‘rganish, ularning sharafli faoliyatini doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylantirish;
uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish, Vatan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan zamonamiz qahramonlarining hayoti va faoliyatini ibrat timsoli sifatida yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish; o‘quvchilarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:
mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan metodika orqali “Tengdosh — tengdosh bilan” tamoyili asosida o‘quvchilarning tarbiyaviy fazilatlarini shakllantirish;
nutq madaniyati, kitobxonlik hamda izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida dolzarb mavzular doirasida taqdimotlar o‘tkazish;
fikrlash hamda dunyoqarashini kengaytirish maqsadida intellektual o‘yin va tanlovlar o‘tkazish;
o‘qituvchilar yaratgan media mahsulotlari orqali ularni salbiy tahdidlardan himoya qilish va ulardan ma’naviy immunitetni shakllantirish;
ta’lim muassasalarida sportni qadriyat sifatida rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;