Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar tushunchasi. Maxsus maktablarda ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mazmuni


Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/6
tarix30.03.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#91569
1   2   3   4   5   6
X9wCfRJxpvNQfiMLhmAl7uApZKCwnqIaHXaz0kn9

Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi


– surdopedagogika (lotincha surdus – kar, gung so‘zidan olingan) eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
− tiflopedagogika (yunoncha tiflos – ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) – ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shuqullanadigan fan;
− oligofrenopedagogika (yunoncha oligos – kam, fren – aql), so‘zlaridan olingan, – aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
− logopediya (yunoncha logos – so‘z, padeo – tarbiya so‘zlaridan olingan) – og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan.
Respublikamizning barcha viloyatlarida zamon talablariga muvofiq alohida yordamga muhtoj bolalarning differensial va integratsiyalashgan, inklyuziv ta’limi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jadal sura’tlar bilan rivojlanmoqda.
Butunjahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor aloxida yordamga muhtoj bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘qrisida”gi Qonunga rioya etilishini ta’minlash uchun uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar alohida yordamga muhtoj kishilar haqida tushunchaga ega bo‘lib, ularga ta’lim-tarbiya jarayonida qulay shart-sharoitlar yaratib, kerak bo‘lsa, individuallashgan dasturlar asosida integratsiyalashgan inklyuziv sharoitda me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida hamma qatori ta’lim olish imkoniyatlarini yoki maxsus muassasalarda ta’lim olishiga yordam berishi zarur. Buning uchun har bir pedagog korreksion pedagogika fanining asoslarini egallagan bo‘lishi kerak.
Maxsus ta’lim tizimi deganda jism oniy va ruhiy kamchiliklarga ega bo‘lgan bolalarga (ko'zi ojiz, kar-soqov, aqli zaif, tayanch harakatli apparatida nuqsoni bo’lgan, nutq nuqsoni bo’lgan bolalar) aniq maqsadni ko'zlab «korreksiya», «kompensatsiya», «reabilitatsiya» ishlarini amalga oshiradigan maxsus ta’lim muassasalari: ko‘zi ojiz bolalar uchun, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun, aqli zaif bolalar uchun maktab-intematlar tushuniladi.
Har bir mamlakat xalq ta’limi tizimining taraqqiyoti shu mamla-katda ishlab chiqarish kuchlarining, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojiga va jam iyat taraqqiyotiga bog‘liq bo‘ladi.
Nogironlikning oldini olish va nogironlami tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-noyabrda qabul qilingan 433-sonli qarori qabul qilingan va qator tadbirlar ishlab chiqilgan. Eng avvalo, nogironlikning oldini olish, nogironlanii tibbiy va ijtimoiy reablitatsiya qilish , ulaming ruhiyatini yaxshilash va sog‘lomlashtirish, nogironlikni ilk bor aniqlash, saralash, maxsus ta’lim-tarbiya berish va korreksion-pedagogik ishlar orqali korreksiyalash, kasbga yo‘naltirish, jismoniy tarbiyalash, nogironlar bilan ishlash uchun kadrlar tayyorlash masalalariga oid qonun va buyruqlar mavjuddir.
Ko‘rinib turibdiki, nogiron, alohida yordamga muhtoj bolalar ham zamon talabiga javob beradigan ilmiy bilimlaming elementar asoslarlni egallashi, hayotda o‘z o‘mini topa olishlari haqida davlatimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq g‘amxo‘rlik qila boshlagan, O‘zbekiston Respublikasida barcha maxsus ta’Iim-tarbiya muassasalari davlat ixtiyorida ekanligi, bu tashkilotlami davlat mablag‘ bilan ta’minlashi nazarda tutiladi. Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalarining faoliyati davlat tomonidan boshqarilib boriladi. Shu kabi tadbirlar maxsus ta’lim ustidan davlatning siyosatini amalga oshirish, o‘quv reja va dasturiarining yagona bo‘lishini ta’minlash imkoniyatini beradi.
Nogiron bolalarning barcha turlari uchun maxsus maktab, maktab-intematlar, sog‘lomlashtirish sanatoriyalarida ta’limning bepul ekanligini ta’kidlash mumkin.
Shuni aytish zarurki, maxsus ta’lim tizimining o‘ziga xos bo’lgan tomoni — uch vazirlik: Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi tasarrufida ekanligidir. Yordamchi maktabda o'quvchilar nazoratsiz qolmasligi uchun moddiy imkoni bo‘lgan maktablarda kuni uzaytirilgan guruhlar bo’llgan, yetim bolalar uchun bolalar uylari, maxsus maktab-intcrnatlar tashkil etilgan:
- maktabgacha tarbiya - aqli zaif bolaning ilk yoshidan 7-8 yoshigacha;
- boshlang‘ich ta’lim - 1-4-sinflar;
o‘rta maxsus ta’lim - 5-9-sinflar;
kollej — aqli zaif o‘quvchilarning qobiliyatli va kasb-hunarga o‘qishni davom ettirishga layoqatli bo‘lgan bolalarni n guruhlarda (kollejlarda integratsiya usulda) o'qitishi kasb- hunur ta'limi bandlarigina taalluqlidir. Chunki aqli zaif o‘quvchilar boshqa yuqori darajada ta’lim olishlariga ularning aqliy nuqsonlari imkon bermaydi. Lekin kasb-hunar kollejlarida aqli zaif o‘quvchilaming nuqson darajalari inobatga olingan holda ta’lim olishlari mumkin.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin