2
egallab turgan xizmat mavqei sababli, uning lavozimga qo‘yiladigan malaka talablariga mos
kelish-kelmasligini hisobga olmagan
holda ishga qabul qilish, rotatsiya qilish va lavozimga
tayinlash;
nepotizm (tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik;
favoritizmning qarindoshlik
rishtalariga asoslangan ko‘rinishi
) – o‘zining yaqin qarindoshlari yoki do‘stlariga noqonuniy
imtiyozlar berish maqsadida hokimiyatdan foydalanish va (yoki) ta’sir o‘tkazish, shuningdek,
yaqin qarindoshlari va (yoki) do‘stlariga asossiz mukofotlar xisoblash, Qo‘mita
manfaatlari
zarariga, yaqin qarindoshlari va do‘stlarini ishga qabul qilish va lavozimga tayinlashlar;
potensial manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning, uning
yaqin qarindoshlarining va
(yoki) Qo‘mita bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan shaxsiy,
ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy va boshqa manfaatlari) muayyan vaziyatlar yuzaga kelganda, ular
Qo‘mitaning manfaatlariga qarama-qarshi bo‘lishi va Qo‘mita
xodimlari tomonidan xizmat
majburiyatlarini bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
real manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va (yoki)
Qo‘mita bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy,
mulkiy,
moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari) Qo‘mita manfaatlariga bevosita yoki
bilvosita qarama-qarshi bo‘lgan vaziyat;
Dostları ilə paylaş: