8
21. Istisno holatlarda, ushbu Nizomning 20-bandida sanab o‘tilgan choralar manfaatlar
to‘qnashuvini to‘liq tartibga solmagan taqdirda, quyidagi tartibga solish choralari ko‘rilishi
mumkin:
xodim
tomonidan
Qo‘mitaning
manfaatlariga
to‘qnash
keladigan
shaxsiy
manfaatdorligidan voz kechishi;
xodim
tomonidan
Qo‘mita
manfaatlariga
to‘qnash
keladigan
shaxsiy
manfaatdorligidan voz kechmaganda uning mehnat shartnomasini bekor qilish.
22. Har
bir vaziyatda, manfaatlar to‘qnashuvi predmetini belgilab beradigan faktdan
kelib chiqib, xodim bilan Qo‘mitaning kelishuviga ko‘ra uni hal qilishning boshqa choralari
qo‘llanilishi mumkin. Ko‘riladigan barcha choralar qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi
va mazkur Nizomda belgilangan tamoyillarni amalga oshirishni ta’minlashi lozim.
23. Qo‘mitada Kadrlar boshqarmasi va xodimning bevosita rahbari tomonidan
manfaatlar to‘qnashuvini barataraf etish choralari va qabul qilingan
qarorlar Odob-axloq
komissiyasining eng yaqindagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, bu haqda majlis bayonnomasida
aks ettiriladi.
24. Ichki nazorat xizmati xodim e’tiroziga yoki rais topshirig‘i, shuningdek o‘z
tashabbusi bilan Kadrlar boshqarmasi va xodimning bevosita rahbari, shuningdek odob-ahloq
komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha
qabul qilingan
qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshirish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: