3
2-bob. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning tamoyillari
7. Qo‘mita xodimlari manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish masalalarida quyidagi
asosiy tamoyillarga rioya qilishlari shart:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan ustun qo‘yish;
oshkoralik, vijdonlilik, xolislik asosida qarorlar qabul qilish;
potensial yoki real manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishning
shartligi;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha
profilaktik choralarning
ustuvorligi;
manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini ko‘rib chiqish va manfaatlar to‘qnashuvini hal
qilishda jamoaviylikka amal qilishi;
manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bilan tavsiflangan vaziyatlarni ko‘rib chiqish,
baholash va hal qilishga xolis yondashuv;
belgilangan tartibda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning
maxfiyligini ta’minlash;
agar xodim biron-bir qaror qabul qilishdan avval yoki o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni
bajarishdan oldin manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida tegishli tartibda xabar bergan hamda
Qo‘mita manfaatlari foydasiga o‘z shaxsiy manfaatlaridan voz kechishga tayyor bo‘lsa, uni
real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi sababli ishdan bo‘shatilishiga yo‘l
qo‘yilmasligi;
shaffoflik va hisobdorlik;
shaxsiy javobgarlik va jazoning muqarrarligi.
Dostları ilə paylaş: