Manfaatlar to'qnashuvi


-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni



Yüklə 59,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix29.03.2023
ölçüsü59,49 Kb.
#91201
1   2   3   4   5   6   7   8
manfaatlar-toqnashuvi 1

4-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni
oshkor qilish va ko‘rib chiqish tartibi 
1-§ Manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilishning umumiy qoidalari 
15. Qo‘mitada manfaatlar to‘qnashuvi holatlari kelib chiqishini oldini olish manfaatlar 
to‘qnashuvini deklaratsiya qilishning quyidagi shakllaridan foydalangan holda amalga 
oshiriladi: 
Qo‘mita tizimida vakant bo‘lgan bo‘sh ish joylariga nomzodlarni lavozimga tayinlash 
va rotatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki tarzda oshkor qilish; 
manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yil oshkor qilish (yillik 
deklaratsiya); 
real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelish fakti bo‘yicha ma’lumotlarni 
oshkor qilish. 



2-§ Bo‘sh ish joylariga nomzodlarni lavozimga tayinlash va rotatsiya qilishda 
manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish 
16. Qo‘mita tizimida bo‘sh ish joylariga nomzodlarni, xodimlarni lavozimga tayinlash 
va ularni rotatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki tarzda deklaratsiya qilish 
Qo‘mitaning Kadrlar boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi: 
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldirilgan ma’lumotnoma; 
ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va rotatsiya qilish jarayonida manfaatlar 
to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalariga 
muvofiq shakldagi ariza to‘ldiriladi. 
Xodim tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Kadrlar boshqarmasi tomonidan ularda 
manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi bo‘yicha tekshiriladi. Manfaatlar 
to‘qnashuvi aniqlanganida Kadrlar boshqarmasi Qo‘mita raisini yoki nomzod ishga qabul 
qilinishi yoki rotatsiya qilinishi nazarda tutilgan tarkibiy bo‘linma faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi rais o‘rinbosarini xabardor qiladi. 
Rais ko‘rsatmasiga asosan Kadrlar boshqarmasi Qo‘mitadagi tegishli tuzilmalar bilan 
hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralarini ko‘radi. 

Yüklə 59,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin