Tayanch ibora va tushunchalar (glossariy) Leksikologiya – til lug‘at tarkibini o‘rganadigan fan.
Semasiologiya – tilning ma’no va mazmun tomonini o‘rganadigan soha. Semiotika – belgilar nazariyasi haqidagi fan.
Leksikografiya – lug‘at tuzish ilmi, har bir tilga yoki ta’lim bilimiga taalluqli lug‘atlar namunasi, til tarkibidagi so‘zlarni ma’lum tartib asosida so‘zlarni yozma ravishda to‘plab, lug‘at tuzish masalasini o‘rganadi.
Onomasiologiya (onomatiologiya) – semasiologiyaning bir qismi bo‘lib, predmet va iboralarni leksik va frazeologik vositalari bilan bog‘liq tamoyil va qonuniyatlarni o‘rganadi.
Etimologiya – mustaqil so‘z va morfemalarning kelib chiqishini o‘rganadi.
Frazeologiya –tildagi turg‘un birikmalarni o‘rganadi.
Onomastika – atoqli otlarni o‘rganadi.
Toponimika – ma’lum mintaqaning geografik nomlar majmuasini, ya’ni joy nomlarini o‘rganadigan lingvistik yo‘nalish.
Etnonimika – elat, xalqlarning nomini o‘rganadi.
Terminologiya – atamashunoslik.
Leksik tasnif – tilshunoslikdagi har bir ma’noning tasnifidir.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш.- Тошкент, 2008.