Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega bо‘lmagan tushunchalar bо‘lib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlar yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar о‘rtasida ham uch xil munosabat: birga bо‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik mavjud.
Birga bо‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar о‘rtasida mavjuddir:
A – fan.
A
B – mantiq.
C
B
C – fizika.
Bunda «mantiq» va «fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan birgalikda «fan» tushunchasining hajmiga bо‘ysunadi.
Qarama-qarshi munosabatdagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshi munosabatdagi tushunchalar о‘zlari bо‘ysunadigan tushunchaning hajmini tо‘liq egallay olmaydi. Masalan, «baland bо‘yli odam» va «past bо‘yli odam» tushunchalari «odam» tushunchasining hajmini tо‘liq qoplay olmaydi.
A – odam.
B – baland bо‘yli odam. A C – past bо‘yli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bо‘lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshi munosabatdagi tushunchalardan farqli о‘laroq, bо‘ysundiruvchi tushunchaning hajmini tо‘liq qoplaydi. Masalan:
A – odam.
В эмас
В
B – e’tiqodli odam.
C – e’tiqodsiz odam. A Tushunchalar о‘rtasidagi munosabatlarni о‘rnatish ularning mazmuni va hajmini aniqlashtirish, bog‘lash, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga о‘tishga yordam beradi. Masalan, «talaba» va «a’lochi» tushunchalari о‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.