II.Ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi yoki asoslaridan biri ayiruvchi hukm bо‘lgan sillogizmga aytiladi.
Sof ayiruvchi xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi ayiruvchi hukm bо‘lgan sillogizmga aytiladi.
Masalan:
Tushunchalar hajmiga kо‘ra umumiy yoki yakka, yoki bо‘sh hajmli bо‘ladi.
Har bir umumiy tushuncha yo ayiruvchi, yoki tо‘plovchi bо‘ladi. Demak, tushunchalar hajmiga kо‘ra yo ayiruvchi, yoki tо‘plovchi, yoki yakka, yoki bо‘sh hajmli bо‘ladi.
Sof ayiruvchi sillogizm formulasi quyidagicha: S-a v b v c
ad v f
S-d v f v b v c
Ayiruvchi-qat’iy xulosa chiqarishda xulosa asoslaridan biri ayiruvchi hukm bо‘lsa, boshqasi oddiy qat’iy hukm bо‘ladi. Bunday xulosa chiqarishning ikki modusi bor:
1. Tasdiqlab-inkor etuvchi: pvq
p
q
modus ponendo tollens
2. Inkor etib tasdiqlovchi:
modus tollendo ponens
Masalan:
1. Tushunchalar mazmuniga kо‘ra konkret yoki abstrakt bо‘ladi.
Bu – konkret tushuncha. Demak, bu – abstrakt tushuncha emas.
2. Hukmlar tuzilishiga kо‘ra oddiy yoki murakkab bо‘ladi.
Berilgan hukm oddiy hukm emas. Demak, berilgan hukm murakkab hukmdir. Ayiruvchi sillogizmda tо‘g‘ri xulosa chiqarish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
1. Ayiruvchi hukm tarkibidagi oddiy hukmlar bir-birini inkor qilishi, hajmiga kо‘ra, kesishmasligi shart, aks holda xulosa xato bо‘ladi.
Masalan: Kitoblar qiziqarli yoki fantastik bо‘ladi.
Bu kitob qiziqarli.
Bu kitob fantastik emas.
Kitob ham qiziqarli, ham fantastik bо‘lishi mumkin. Bunda ayiruvchi hukm tarkibidagi oddiy hukmlar bir-birini inkor etmaydi va hajmiga kо‘ra, kesishadi. Shuning uchun xulosa xato.
2. Ayiruvchi hukmda bir-birini inkor etuvchi muqobillar tо‘liq kо‘rsatilgan bо‘lishi shart.
Burchaklar о‘tkir yoki о‘tmas burchakli bо‘ladi.
Bu burchak о‘tkir burchakli emas. Bu burchak о‘tmas burchaklidir.
Xulosaning xato bо‘lishiga sabab, ayiruvchi hukmdagi muqobillar tо‘liq kо‘rsatilmagan, ya’ni tо‘g‘ri burchakning mavjudligi e’tibordan chetda qolgan.
Ayiruvchi sillogizmlardan kо‘proq bir necha yechimga ega bо‘lgan masalalarni yechishda, ya’ni muqobil holatlardan birini tо‘g‘ri tanlab olishda foydalaniladi.