Mantiq tushunchasi, mazmun- mohiyati. Mantiq fani shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. O’rta asrlardagi taraqqiyoti


Murakkab hukmlarga asoslangan deduktiv xulosa chiqarish



Yüklə 236,29 Kb.
səhifə26/36
tarix20.11.2023
ölçüsü236,29 Kb.
#164239
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
falsafa 6-mavzu

Murakkab hukmlarga asoslangan deduktiv xulosa chiqarish
Murakkab hukmlarga asoslangan deduktiv xulosa chiqarishda xulosa asoslariga mantiqiy bog‘lovchilar orqali bog‘langan oddiy hukmlar deb qaraladi. Xulosa asoslari yo shartli, yoki ayiruvchi, yoki ham shartli, ham ayiruvchi hukm kо‘rinishida bо‘lishi mumkin. Asoslardagi hukmlarning turiga kо‘ra bunday xulosa chiqarishning quyidagi shakllari mavjud:
I. Shartli xulosa chiqarish.
II. Ayiruvchi xulosa chiqarish.
III. Shartli-ayiruvchi xulosa chiqarish.
I.Shartli xulosa chiqarish deb har ikki asosi yoki asoslaridan biri shartli hukm bо‘lgan sillogizmga aytiladi. Ular sof shartli va shartli-qat’iy turlarga bо‘linadi.
Sof shartli xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi shartli hukm bо‘lgan sillogizmga aytiladi. Uning formulasi quyidagicha:
1)p→q
q→r yoki [(p→q)(q→r)] →(p→r)
p→r

2) p→q
r→q yoki [(p→q)(  r→q)] →q


q
Masalan:
Agar fikr isbotlangan bо‘lsa, unda u chin bо‘ladi.
Agar fikr chin bо‘lsa, unda uni rad etib bо‘lmaydi.
Agar fikr isbotlangan bо‘lsa, unda uni rad etib bо‘lmaydi.

Agar havo yaxshi bо‘lsa, konsertga boramiz.


Agar havo yaxshi bо‘lmasa ham konsertga boramiz.
Konsertga boramiz.

Bu turdagi sillogizmlarning xulosasi shartlangan (shartli hukm) bо‘lgani uchun ulardan bilish jarayonida kam foydalaniladi.


Shartli-qat’iy xulosa chiqarish deb, katta asosi shartli hukm, kichik asosi oddiy qat’iy hukm bо‘lgan sillogizmga aytiladi. Bunday xulosa chiqarishning ikkita tо‘g‘ri (aniq xulosa beradigan) modusi mavjud:
1. Tasdiqlovchi modus – modus ponens
p→q
r yoki [(p→q) p]→q
q
2. Inkor etuvchi modus – modus tollens
p→q yoki [(p→q)] q]→ p

Masalan:
1. Agar fuqarolar jamiyat qonunlariga amal qilsalar, unda ular erkin bо‘ladi.
Fuqarolar jamiyat qonunlariga amal qiladilar.
Demak, ular erkin bо‘ladilar.

2. Agar meyor buzilsa, unda miqdor о‘zgarishlari sifat о‘zgarishlariga olib keladi.


Miqdor о‘zgarishlari sifat о‘zgarishlariga olib kelmadi.
Demak, meyor buzilmagan.

Shartli – qat’iy sillogizmning xulosasi aniq, chin bо‘lishi uchun quyidagi holatlarga e’tibor berish zarur:


1. Shartli hukmdagi asosning chinligidan natijaning chinligi, natijaning xatoligidan asosning xatoligi mantiqan kelib chiqadi.
2. Shartli hukmdagi natijaning chinligi asosning chinligini, asosning xatoligi esa natijaning ham xatoligini isbotlamaydi.
Bu qoidalar buzilganda shartli-qat’iy sillogizmning formulasi quyidagicha bо‘ladi:
p→q
q p→q
Ehtimol p  p
[(p→q) q]→r Ehtimol  q

[(p→q)  p)דq


Shartli-qat’iy sillogizm xulosalarining noaniq (ehtimol) bо‘lishiga sabab shuki, shartli hukm (p→q) r – chin, q –xato bо‘lgan holatdan boshqa hamma holatlarda chin hisoblanadi.
Masalan:
Agar bemorning qon bosimi kо‘tarilsa, uning boshi og‘riydi.
Bemorning boshi og‘riyapti.
Ehtimol, uning qon bosimi kо‘tarilgandir.
Bunda natijaning chinligidan asosning chinligini mantiqan keltirib chiqarish mumkin emas. Chunki boshqa asos ham shunday natijani keltirib chiqarishi mumkin. Yuqoridagi misolda shartli hukmning asosi xato, noaniq, natijasi chin bо‘lganligi uchun sillogizmning xulosasi noaniq bо‘lgan.
Endi yuqoridagi misolni bir oz о‘zgartirib, kо‘rib chiqamiz:
Agar bemorning qon bosimi kо‘tarilsa, unda uning boshi og‘riydi.
Bemorning qon bosimi kо‘tarilmagan.
Ehtimol, uning boshi og‘rimayotgandir.
Bilamizki, bosh og‘rig‘iga faqat qon bosimining kо‘tarilishi sabab bо‘lmaydi, undan boshqa sabablar ham bо‘lishi mumkin. Bu esa, xulosaning noaniq bо‘lishiga olib keladi.

Yüklə 236,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin