Trilemmada berilgan masalaning uch xil yechimi haqida taxminiy fikr yuritiladi. Trilemma ham tо‘rt turga bо‘linadi:
1. Oddiy konstruktiv 2. Oddiy destruktiv
trilemma trilemma
a → d, b → d, c → d a → b, a → c, a → d
a v b v c
d
3. Murakkab konstruktiv 4. Murakkab destruktiv
trilemma trilemma
a → b, c → d, m → n a → b, c → d, m → n
a v c v m
b v d v n
Masalan:
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga bevosita aloqador bо‘lsa, u qattiq jazolanadi.
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga bavosita aloqador bо‘lsa, u yengil jazolanadi.
Agar tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga aloqador bо‘lmasa, u ozod qilinadi.
Tergov qilinayotgan shaxs jinoyatga yo bevosita, yo bilvosita aloqador yoki mutlaqo aloqasizdir.
Demak, tergov qilinayotgan shaxs yo qattiq jazolanadi, yoki yengil jazolanadi, yoki ozod qilinadi.
Bu murakkab konstruktiv trilemma kо‘rinishidagi xulosa chiqarishdir.
Shartli-ayiruvchi xulosalash masalani hal qilishning bir necha uslullari mavjudligi va ularning har biri turli oqibatlarni keltirib chiqarishini aniqlab beradi. Sohibqiron Amir Temur ta’biri bilan aytganda, bu oqibatlardan qaysi biri davlat va ulus manfaatlariga mos bо‘lsa, ya’ni «savobliroq yoki kam xatarli bо‘lsa», shunisi tanlab olinadi.
Induktiv xulosa chiqarish
Biz avvalgi mavzuda zaruriy xulosa chiqarish bilan (deduktiv xulosa chiqarish asosida) tanishib chiqqan edik. Mantiq fanida ehtimoliy xulosa chiqarish ham о‘rganiladi.
Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan.
Ehtimoliy xulosa chiqarish ba’zan induksiya (lot. “inductio” – yagona asosga keltirish) juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan о‘tish shaklida sodir bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |