Mantiqiy asoslari. Bul algebrasi, bul funksiyalarini amalga oshirish. Ikkilik kodda buyruqlarni bajarilishi



Yüklə 429,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix26.04.2023
ölçüsü429,96 Kb.
#102772
1   2   3   4   5
3-ma\'ruza

Nolinchi sath - bu kompyuterning apparat taminoti sathi hisobla- nadi. 
Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’yektlari ventillar, ya’ni uzgich-
ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - I, ILI, NE (AND, OR, NOT) kabi oddiy 
mantiqiy funksiyalar bajariladi (3.3-rasm). 


Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira 
elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va D kabi triggerlar 
(3.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil topgandir. 
3.3-rasm. Asosiy mantiqiy elementlar. 
3.4-rasm. SR triggeri. 
Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. 
Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin (3.5-rasm). 
Kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini o‘rganishda juda ko‘p 
marotaba so‘zga olinadigan tushunchalardan biri - bu registrlar hisoblanadi. 
Kompyuterda va protsessorning ichida kechayotgan, ma’lumotlarni ishlash 
jarayonlarini amalga oshirishda ham, turli xil vazifalarni bajarish uchun 
modjallangan registrlardan foydalaniladi. 
 
Birinchi sath - mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli 
bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni 
kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. Masalan 
Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi 
sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma 
(Arithmetic Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud. 


3.5-rasm. Registrlar va ularda axborotni saqlash. 
Arifmetik mantiqiy qurilma - oddiy arifmetik va mantiqiy amallami bajaradi. 
Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda 
ma ’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma ’lumotlar traktini shakllantiradi 
(3.6-rasm). 
Ma’lumotlar trakti quyidagicha ishlaydi - bitta yoki ikkita registrlar tanlanadi, 
arifmetik mantiqiy qurilma ular yordamida qandaydir amalni, masalan - inkorlash, 
qo‘shish, ayirish yoki boshqa bir amalni bajaradi, so‘ngra natija tanlangan 
registrlardan biriga joylashtiriladi. 
Ba’zi kompyuterlarda (protsessorlarda) ma’lumotlar trakti - mikroprogramma 
(mikrodastur) deb nomlangan maxsus dastur tomonidan nazorat qilinadi. Boshqa xil 
kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti - apparat vositalar tomonidan nazorat 
qilinadi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlar trakti - odatda 
apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun birinchi sathning nomi 
mikroarxitektura sathi deb nomlangan. 
Ma’lumotlar trakti dasturiy ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan 
kompyuterlarda, mikrodastur deganda - ikkinchi sath buyruqlarining interpretatori
ya’ni amalga oshiruvchisi tushuniladi. Mikrodastur xotiradan buyruqlarni chaqirib 
oladi va ularni ma’lumotlar traktidan foydalangan holda ketma-ket bajaradi. 
Masalan: ADD - qo‘shish buyrug‘ini bajarish uchun, u avval xotiradan chaqirib 
olinadi, unda ishtirok etadigan operandalar, ya’ni qo‘shiluvchilar registrlarga 
joylashtiriladi, arifmetik-mantiqiy qurilma yig‘indini hisoblaydi va natija xotiraga 
yoziladi. 
Ma’lumotlar trakti apparat ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan 
kompyuterlarda ham xuddi shunday muolaja amalga oshiriladi, ammo bunda 
ikkinchi sath buyruqlarini amalga oshiruvchi, ya’ni interpretatsiya qiluvchi 
mikrodastur bo‘lmaydi. 

Yüklə 429,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin