Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira
elementlari, ya’ni
triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va D kabi triggerlar
(3.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil topgandir.
3.3-rasm. Asosiy mantiqiy elementlar.
3.4-rasm. SR triggeri.
Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa,
registrlarni hosil qiladi.
Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin (3.5-rasm).
Kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini o‘rganishda juda ko‘p
marotaba so‘zga olinadigan tushunchalardan biri - bu registrlar hisoblanadi.
Kompyuterda va protsessorning
ichida kechayotgan, ma’lumotlarni ishlash
jarayonlarini amalga oshirishda ham, turli xil vazifalarni bajarish uchun
modjallangan registrlardan foydalaniladi.
Birinchi sath -
mikroarxitektura sathi deb ataladi.
Ushbu sathga tegishli
bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni
kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. Masalan
Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi
sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma
(Arithmetic Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud.
3.5-rasm. Registrlar va ularda axborotni saqlash.
Arifmetik mantiqiy qurilma - oddiy arifmetik va mantiqiy amallami bajaradi.
Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda
ma ’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma ’lumotlar traktini shakllantiradi
(3.6-rasm).
Ma’lumotlar trakti quyidagicha ishlaydi - bitta yoki ikkita registrlar tanlanadi,
arifmetik mantiqiy qurilma ular yordamida qandaydir amalni, masalan - inkorlash,
qo‘shish, ayirish yoki boshqa bir amalni bajaradi, so‘ngra natija tanlangan
registrlardan biriga joylashtiriladi.
Ba’zi kompyuterlarda (protsessorlarda) ma’lumotlar trakti -
mikroprogramma
(mikrodastur) deb nomlangan maxsus dastur tomonidan nazorat qilinadi. Boshqa xil
kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti -
apparat vositalar tomonidan nazorat
qilinadi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlar trakti - odatda
apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun birinchi sathning nomi
-
mikroarxitektura sathi deb nomlangan.
Ma’lumotlar trakti dasturiy ta’minoti tomonidan
nazorat qilinadigan
kompyuterlarda, mikrodastur deganda - ikkinchi sath buyruqlarining
interpretatori,
ya’ni amalga oshiruvchisi tushuniladi. Mikrodastur xotiradan buyruqlarni chaqirib
oladi va ularni ma’lumotlar traktidan foydalangan holda ketma-ket bajaradi.
Masalan:
ADD - qo‘shish buyrug‘ini bajarish uchun,
u avval xotiradan chaqirib
olinadi, unda ishtirok etadigan operandalar, ya’ni qo‘shiluvchilar registrlarga
joylashtiriladi, arifmetik-mantiqiy qurilma yig‘indini hisoblaydi va natija xotiraga
yoziladi.
Ma’lumotlar trakti apparat ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan
kompyuterlarda ham xuddi shunday muolaja amalga oshiriladi, ammo bunda
ikkinchi sath buyruqlarini amalga oshiruvchi, ya’ni
interpretatsiya qiluvchi
mikrodastur bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: