Manufaktura bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boʻlmagan sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi



Yüklə 230,86 Kb.
səhifə15/17
tarix07.02.2023
ölçüsü230,86 Kb.
#83305
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Milet maktabi — yunon ilmiy-falsafiymaktabi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlar o'rtalarida vujudga kelgan. Ioniya dengizi sohilidagi Milet shahri nomidan olingan. Uning asoschisi – Fales. Yirik namoyandalari — AnaksimandrAnaksimen. Ular tabiatdagi hodisalarni oʻzgarishda, oʻzaro aloqadorlikda, bir-biriga oʻtib turishda deb, voqea-hodisalar sababini tabi-atning oʻzidan qidirdilar. Ruhiy hodisalar (mas, jon)ni materiyaning koʻrinishi, butun tabiatni jonli deb tu-shunganlar. Yevropa ilmiy kosmogoniya, kosmologiya, fizika, geogr., meteorologiya, astronomiya va biol.si tarixi Milet maktabidan boshlanadi. Milet maktabi va uning vakillari Yunonistonda falsafiy fikr rivojiga hissa qoʻshdilar.[1]
72 savol
Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. Isaac Newton tomonidan taʼriflangan (1687). Birinchi qonun — har qanday jismga tashqi kuch taʼsir qilmaguncha u oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi (qarang Inersiya qonuni). Ikkinchi qonun — harakat miqdori (jism massasi bilan tezlanishi koʻpaytmasi) ning oʻzgarishi jismga taʼsir qiluvchi kuchga proporsional, massaga esa teskari proporsional ta'sir etadi. Uchinchi qonun — ikki jismning oʻzaro taʼsir kuchi bir-biriga teng, yoʻnalishi esa qarama-qarshi boʻladi (qarang Taʼsir va aks taʼsir qonuni). Newtonning mexanika qonunlari Galileo Galilei, Christiaan Huygens hamda Isaac Newtonning oʻzi oʻtkazgan koʻplab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar natijasida paydo boʻlgan. Newtonning mexanika qonunlari elementar zarralar va tezligi yorugʻlik tezligiga yaqin moddalar uchun oʻrinli emas.[1]
LEYBNIS (Leibniz) Gotfrid Vilgelm(1646.1.7, Leypsig – 1716.14.11, Gannover) — nemis faylasufi, fizik, matematik, tarixchi. Berlin FA ning asoschisi va prezidenti (1700). 1676-y. dan Gannover gersoglari xizmatida. Petr I iltimosiga koʻra, Rossiyada maorif va davlatni boshkarishni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqqan. Leybnis fikricha, real dunyo oʻzaro boʻlinmas ruhiy substansiya — monadalardan iborat. Monadalar barcha narsalarning, hayotning asosini tashkil qiladi. Tabiat quyi darajadagi, inson esa oliy darajadagi monadalardan tashkil topgan. Bilish nazariyasida ratsionalizm mavqeida turgan. Lokksensualizmiga qarshi chiqqan. Umumiy, zaruriy bi-limning asosi faqat akl boʻlishi mumkin deb hisoblagan. Fizikada fazo va vaqt harakatnshg nisbiyligi toʻgʻrisidagi, mantikda analiz va sintez toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirdi, yetarli asos qonuniii birinchi boʻlib izohlab berdi. U matematik mantiq asoschilaridan biridir. Leybnis differensial hisob va integral hisobni kashf qildi, katta sonlarni hisoblash mashinasini yaratdi. Tilshunoslikda tillarning paydo boʻlish tarixini, genealogik tasnifini yaratdi, nomlarning kelib chiqishi haqidagi taʼlimotni rivojlantirdi. Siyosat va huquq sohasida tabiiy huquq konsepsiyasi va ijtimoiy kelishuv haqidagi taʼlimotni himoya qilgan. U optik asboblar va gidravlik mashinalar loyihasini yaratgan. 1926-y. dan Berlinda Leybnis jamiyati mavjud.
QADIMGI YUNON FALSAFIY MAKTAB NAMOYONDALARI
Antik falsafa falsafa tarixida muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa tushunchasining fanga kirib kelishiga sababchi boʻldi, hozirgi kungacha boʻlgan barcha falsafaga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik davridan soʻng yunon falsafasining mumtoz davri boshlandi. Uning gullab yashnashi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa ming yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining hukmron taʼsiri keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va gumanizm davrlarida, Yevropada yunon falsafasining uygʻonishi yuz berdi, bu esa Renessans davri platonizmi va aristotelizmidan boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha boʻlgan davrdagi ijodiy yangilanishlarga olib keldi.
Yunon falsafasi miloddan avvalgi 6—5-asrlarda butun Yu.dagi yunon polislari falsafasining davomchisi boʻlgan mumtoz yunon ellinistik falsafasi (miloddan avvalgi 4-asr) va ellinistik Rim falsafasiga, yaʼni miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 6-asrgacha davom etgan Rim imperiyasiga tarqagan ellinistik falsafaga boʻlinadi. Ellinistik falsafa Sokratgacha boʻlgan falsafa (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va mumtoz (klassik) falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotelʼ — miloddan avvalgi 4-asr) ajraladi. Sokratgacha falsafa, oʻz navbatida, kosmologik (gilozoistik) falsafaga (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va antropologik falsafaga (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) boʻlinadi.
Yunon falsafasi ilk kosmologik — Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar bilan birga siyosiy yoʻnalishdagi mutafakkirlar va yetti donishmand tomonidan tayyorlangan olimlar davri bilan boshlanadi. Ulardan biri miletlik Fales boʻlib, Aristotel uni birinchi faylasuf deb hisoblagan; u birinchi kosmolog, torroq maʼnoda ioniya naturfalsafasi maktabining vakili, bu maktabga Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen va boshqalar ham mansub edi. Undan soʻng Eleya maktabi vujudga kelib, borliq falsafasi bilan shugʻullandi (miloddan avvalgi 580—430), bu maktabga Ksenofan, Parmenid, Eleyalik Zenon, Meliss mansub edilar; ayni vaqtda bu maktab bilan birga Pifagor maktabi ham mavjud edi. Bu maktab vakillari uygʻunlik, oʻlchov, son masalalari boʻyicha tadqiqot olib bordilar. Bu maktabga Fillolay (miloddan avvalgi 5-asr oxiri) krotonlik Alkmeon (taxminan miloddan avvalgi 520), musiqa nazariyotchisi, faylasuf va matematik Arxit Tarentskiy (taxminan miloddan avvalgi 400—365) va uning tarafdori haykaltarosh Katta Poliklet (miloddan avvalgi 5-asr oxiri), Heraklit, keyin Empedokl va Anaksagor mansub edi.
Aristotel tarafdorlarining katta qismi aniq fanlar bilan shug‘ullangan, "peripatetik" deb nom olgan mashhur olimlar boʻlgan; qadimiy peripatetiklar bilan birga mashhur botanik Teofrast, musiqa nazariyotchisi Aristoksen (taxminan miloddan avvalgi 350), tarixchi va siyosatchi messinalik Dikearx; keyingi peripatetiklar orasida fizik Straton, geograf va astronom samoslik Aristarx (Stratonning shogirdi, taxminan miloddan avvalgi 250) va Klavdiy Ptolemey (taxminan milodiy 150), vrach Galen, Aristotelning sharhlovchisi Rodoslik Andronik (taxminan miloddan avvalgi 70) boʻlgan.
Epikur asos solgan maktab keng yoyildi, bu maktabga boshqalar bilan birga Lukretsiy ham mansub edi. Skeptik maktabning vakillari (unga Akademiya vakillaridan koʻplari kirgan edi) Pirron va keyinchalik vrach Sekst Empirik edi. Stoya maktabi juda muhim falsafiy-diniy harakatga aylandi, neoplatonizm va xristianlikning paydo boʻlishiga qadar mavjud boʻldi. Kitionlik Zenon asos solgan bu maktabni qadimiy Stoyada Xrizip adabiy jihatdan pishitdi; oʻrta Stoyada boshqalar bilan birga Panetsiy Rodoslik va Posidoniy bor edi; bu maktabga tarixchi Polibiy ham yaqin turgan. Keyingi Stoya davrida, asosan, 3 Rim faylasufi — Seneka, Epiktet va Mark Avreliy asosiy rol oʻynadi.
Neoplatonizmda, uning asoschisi Plotin fikricha, Rim, Afina, Aleksandriya, Siros, xristian falsafiy maktablari bir-biridan farq qiladi. Plotin bilan birga Porfiriy, Prokl, ayol faylasuf Gipatiya, Yamvlix, imperator Yulian Apostat (332—363), ensiklopedist Marsian Kapella (5-asrning 1-yarmi), Boetsiy mashhur neoplatonchi boʻlishgan. [[El[[linizm davrida gʻarb va sharq dini hamda falsafasini oʻzida birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil gnostikasidan moniylik va uning yorugʻlik hamda zulmat olami haqidagi taʼlimoti paydo boʻldi. Milodning birinchi yuz yilligi falsafasi uchun Filonning Bibliyani majoziy, platonchastoikcha talqini jiddiy taʼsir koʻrsatdi. U Aleksandriya maktabiga asos soldi, uning anʼanalarini aleksandriyalik Kliment va Origen davom ettirdi, bu esa gʻarb falsafasiga koʻproq taʼsir koʻrsatgan xristian falsafasining boshlangʻich holati edi. Yunon falsafasining turli xil koʻrinishlari islom falsafasida mavjud, uning taʼsirini hind falsafasida ham payqash mumkin.

62.Xorazim mamun akademiyasiʼ, Maʼmuniylar akademiyasi — Xorazmda 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida faoliyat koʻrsatgan ilmiy muhit. Maʼmuniylar davlati (992—1017) tarixi bilan bevosita bogʻliq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshoxlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib oʻrnatish boʻyicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashki siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan. Ali ibn Maʼmun (997—1010) dono va zukko maslahatchilarga muhtoj boʻlgan. Uning baxtiga togʻasi, Abu Nasr ibn Iroq oʻz davrining oʻta bilimdon olimi boʻlgan. 1004-yilning boshida Ibn Iroq taklifi bilan Beruniy Gurganjga qaytib kelgan; Maʼmun saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib berilgan. Bu 2 shaxs Yaqin va Oʻrta Sharkdagi koʻplab olimlar bilan shaxsiy yozishmada boʻlganlar. Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro va hatto arab Iroqidan koʻplab olimlar Gurganjga kelishgan.


Shu tariqa 1004-yildan boshlab Gurganjda "Dorul hikma va maorif" (baʼzi bir manbalarda "Majlisi ulamo") nomini olgan ilmiy muassasa toʻla shakllangan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi "Platon", Bagʻdoddagi "Bayt ulhikmat" akademiyasi faoliyatiga oʻxshab ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda koʻp manbalar toʻplangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan hind, yunon, arab olimlarining ishlari urganilgan;AlXorazmiy, AlFargʻoniylarning oʻlmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan. 18—20-asr tarixchi olimlari tomonidan ilmiy muassasa har tomonlama oʻrganilgan va oʻz faoliyati nuqtai nazaridan bu dargoh oʻz davrining akademiyasi boʻlganligi isbotlangan va unga "Maʼmun akademiyasi" nomi berilgan. X.Xorazm maʼmun akademiyasi asosini quyidagi olimlar tashkil etgan: Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq al Jaʼdiy (10-asr — 1034), Abulxayr ibn Hammor (941 — 1048), Abu Saxl Iso ibn Yahʼyo al Masihiy al Jurjoniy (970—1011), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniy, Abu Ali al Husayn ibn Abdulloh ibn Sino, Abu Ahmad ibn Muhammad ibn Yaʼqub ibn Miskavayh (1030-yil v.e.), Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as Saolibiy al Naysaburiy (961 — 1038), Ahmad ibn Muhammad asSahriy (1015-yilv.e.), Abu Ali al Hasan ibn Horis alHububiy alXorazmiy (10—11-asrlar), Abu Abdulloh Muhammad ibn Homid al Xorazmiy (10—11-asrlar) va boshqa
X.M.a olimlari Yunoniston, Yaqin va Oʻrta Sharq, Hindiston ilmfan yutuqlarini ijodiy, tanqidiy oʻrganib, uni yanada yuksak bosqichga koʻtarganlar. Akademiya aʼzolarining aksariyati olim sifatida Markaziy Osiyoda shakllanganlar. Ularning ilmiy faoliyati, asarlari tufayli Qad. Xorazm badiiy sanʼati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sugorish madaniyati yutuklari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat kila boshlagan.
Mas, Abu Nasr ibn Iroq, astronomiyaga doyr ilmiy asarlari tufayli "Batlimusi soniy" ("Ikkinchi Ptolemey") degan faxriy nom olgan.
Abulxayr ibn Hammor mantiq, falsafadan tashqari tabobatda ham juda mashhur boʻlgani uchun "Buqroti soniy" ("Ikkinchi Gippokrat") laqabiga sazovor boʻlgan.
Abu Sahl alMasihiy tabib, Ibn Sinoning ustozi boʻlgan. Akademiya rahbari Abu Rayhon Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shugʻullangan. Uning geodeziya va matematika sohalari boʻyicha asarlari bugun ham dolzarbdir. Beruniy Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib, tibbiyotga oid. "Kitob asSaydana fittib" ("Tabobatda dorishunoslik kitobi") asarini yozgan. Beruniy Amerika qitʼasi mavjudligini yevropalik olimlardan taxminan 450 yil oldin aytib oʻtgan. Uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida qad. xalklar (yunonlar, eroniylar, sugʻdiylar, xorazmiylar va boshqalar) ning yil hisoblari, bayramlari va mashhur kunlari, urfodatlariga oid qimmatli maʼlumotlar toʻplangan.
X.Xorazm maʼmun akademiyasining yana bir zabardast krmusiy olimi Ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan. Xususan, uning "Tib qonunlari" asari butun dunyoga mashhur boʻlgan. Xorazmda Ibn Sino, asosan, mat. va astronomiya bilan shugʻullangan. Olimning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Bu yozishmalar savoljavob tarzida bulib, unda Beruniy va Ibn Sino fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issikdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borganlar. Ibn Sino xorazmshoxlar vaziri Abul Husayn asSahliy bilan doʻstlashib, unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarini yozgan.
X.Xorazm maʼmun akademiyasi olimlari Xorazm tabiati, iklimi, sugʻorish tizimi, mineralogiyasi, yer osti suvlari, Amudaryo deltasining tarixi, korizlar qurish orqali tuproqni tozalash yoʻllarini tadqiq etishgan. Akademiya aʼzolaridan Abu Bakr alXorazmiy, tabib AbulFaraj ibn Hindu sheʼriyatda yuksak mahoratga erishganlar. Xorazm tarixi, dinlari, taqvimi, bayramlari, urfodatlari, yozuvi, milliy qadriyatlari haqidagi qimmatli maʼlumotlar ularning faoliyati tufayli bizgacha yetib kelgan. Ularning oʻzlariga xos shiori: "Ilm — insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin", — deya atalgan edi. X.Xorazm maʼmun akademiyasi olimlariga ilmda qatʼiylik xos boʻlgan. Aristotel yoʻl qoʻygan koʻp xatolar tekshirishlar davomida tuzatilgan, qutbdagi davomiy tun va kunlar masalasi osonlik bilan falakiyot fani nuqtai nazaridan tushuntirilib, yechilgan. Beruniy qayd etishicha, qadimda Xorazm astronomlari yulduzlar joylashish tartibini arablardan koʻra yaxshiroq bilishgan.
Xorazmshoh Maʼmun ibn Maʼmun (Maʼmun II) saroyidagi olimlar shuhrati oʻz davrida uzok, ulkalarga tarkalgan. Bu esa Mahmud Gʻaznaviyning gʻashiga tekkan. U uyushtirgan suiqasd natijasida 1017-yilning bahorida Maʼmun II uldirilgan va usha yilning iyunida kuyovi uchun qasos olish bahonasi bilan Mahmud Gʻaznaviy Xorazmga bostirib kirgan. Katta qirgʻin va talontorojliklar natijasida X.Xorazm maʼmun akademiyasi faoliyati tugatilgan va bu yerdagi olimlarning kupchiligi Gʻaznaga majburan olib ketilgan.

63.Jadidchilik aslida ma‘rifatparvarlik harakatining ko’rinishidir. Ma‘rifat tushunchasining lug’aviy ma‘nosi bilish, tanish, bilim demakdir, yoki kishilar bilimi, ma‘naviyatini oshirishga karatilgan ta‘lim-tarbiya jarayonidir. Maorif tushunchasi esa, tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli tuman bilimlarni aks ettiradi. Demak, ma‘rifatli kishi deganda fanning bir yoki turli soxalaridan ma‘lum bilim yoki yo’nalishlarni egallagan degan mazmun kasb etadi. Ma‘rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak, ma‘rifat bilim va madaniyatning qo’shma mazmuni bo’lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish vositasidir. Ma‘rifatparvar ma‘rifat uchun kurashuvchi, bilim tarqatuvchi va beruvchidir.




Yüklə 230,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin