Maqsadi: turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish



Yüklə 133,4 Kb.
səhifə4/5
tarix22.05.2023
ölçüsü133,4 Kb.
#119217
1   2   3   4   5
o\'zbek tili javob

4-bilet


1) 1) Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar.
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur oʻrganishga yordam beradi.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi axborot ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda boʻlamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda boʻlamiz. Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni oʻrnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida oʻzini oʻzi tuzatish, qayta tarbiyalash, Shaxsiy imkoniyatini roʻyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.


«Kommunikatsiya» soʻzi lotincha “communicare” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, xabar bermoq, qatnashmoq, boʻlishmoq, umumlashtirmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Kommunikatsiya muayyan mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlarning bir-birlari bilan va boshqa mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlar bilan oʻzaro faoliyatlari va aloqa qilishlarida muhim oʻrin tutadi.
Kommunikativ aloqa inson hayotiga ma’no qoʻshadi. U munosabat yaratishga va muhabbatni shakllantirishga yordam beradi, oʻzaro tushunishni ragʻbatlantiradi. U bizning butun jahon toʻgʻrisidagi bilimimizni boyitib, turmushimizni munosib qiladi.


2) Hujjat – (arabcha “guvohnoma, isbot, dalil”) axborot qayd etilgan hamda uni vaqt va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt.
Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi : sodda v murakkab. Bir axborot doirasigi hujjat sodda, ikki va undan ortiq axborot doirasgi hujjat murakkab hujat deyiladi.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumotsimon- axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqarish jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat.
Ko‘rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari. Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo‘llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Tarjimayi hol. Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bolishi shart.
3) , yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yoki nojo‘ya xatti-harakatlar uchun tushuntirish xati
Farg’ona politexnika instituti
rektori ………….....ga
3- bosqich talabasi ……….…..dan
TUSHUNTIRISH XATI
Shu yil 15- dekabr kuni men fizika o‘quv xonasida kursdosh ... E. Umarov ... mashg‘ulot o‘tkazayotgan edik. Men shoshilib ombir... olmoqchi bo‘lib, stol... turtinib ket... . Stol nosozligi ... uning usti... shisha idish sindi. Biz nojo‘ya harakat qilgan... yo‘q, tasodif... shunday bo‘ldi.
(imzo) ………………

Yüklə 133,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin