Maqsadni belgilash ta'limni texnologiyalashtirish ning asosiy elementi



Yüklə 173 Kb.
səhifə2/9
tarix14.12.2023
ölçüsü173 Kb.
#180615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
maqsadni belgilash ta\'limni texnologiyalashtirish ning asosiy elementi

Taksonomiya tushunchasi (grekcha-tartib bilan joylashtirish), biologiya fanidan olingan. Obyektlarni, ularning tabiiy o`zaro bog`liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda (ya`ni iyerarxik) joylashtirib turkumlash va tizimlashtirish - taksonomiya deb ataladi.

Pedagogik maqsadlarni bunday sxema bo`yicha tuzishga birinchi marta AQSH olimlari e`tibor berganlar. Ikkinchi jahon urushidan so`ng kollejlarga kirish imtihonlarini qabul qilish qo`mitasining bir gurux pedagog va psixologlari mashhur psixolog B.Blum rahbarligida pedagogik maqsadlarni qat`iy ifodalash va tartiblashtirish bo`yicha ko`p yillik izlanishlar olib bordilar.
1956 yilda «taksonomiya»ning birinchi qismi nashrdan chiqdi. Unda o`quv maqsadlarini kognitiv (bilish) sohada ifodalanishi bayon etilgan edi. O`quv maqsadlarining bu tizimi keng halqaro miqyosda mashhur bo`lib ketdi. Uni o`qitishni rejalashtirish va natijasini baholashda qo`llay boshladilar. Bu tizim-fan (kurs)larni tajribaviy baholashda asosiy qurol bo`lib hisoblandi.
3. O`quv maqsadlariga muvofiq bo`lgan shaxs faoliyati sohalari. (kognitiv, affektiv, psixomotor). Biz B.Blum taksonomiyasining mazmuni va uning o`qituvchi uchun qanday amaliy yordam berishi haqida to`xtalamiz. Avvalo o`quv maqsadlariga muvofiq bo`lgan shaxs faoliyati sohalarini tavsiflab o`taylik.
1. Kognitiv (bilishga oid) soha. Bu - o`qilgan materialni eslab qolish va uni takroran aytib berishdan boshlab, to o`zlashtirilgan bilimlarni to`la anglab, ularni oldin o`rganilgan g`oya, uslub va harakat usullari bilan uyg`unlashtirib tasavvur etish hamda bilimlarni egallashgacha bo`lgan muammolarni hal etilishini o`z ichiga oladi.
Ekspertlar bahosi hamda B.Blum va uning xodimlarini ta`kidlashlaricha, o`qituvchilar o`rtasida o`tkazilgan so`rov natijasida adabiyotlar tahlili, dasturlar, darsliklar, dars berish amaliyotidagi o`quv maqsadlarining aksariyati kognitiv sohaga tegishli bo`lishi aniqlangan. Lekin shunga qaramasdan, Blum taksonomiyasida ayrim kamchiliklar ham mavjud ekanligini e`tirof etish lozim. Avvalo shuni ta`kidlash kerakki, u muhim didaktik omillar ko`nikma va malaka tushunchalarini chetlab o`tadi. Blum bu tushunchalardan foydalanadi, lekin ularni rivojlantirmaydi, ijodiy fikrlash muammosi ham hal etilmagan, aynan bu Gilford taksonomiyasida o`zining to`la ifodasini topgan. Blum taksonomiyasida «qaror qabul qilish» va uning amaliy natijasi bo`lgan «faoliyat» aks etmagan. Shuningdek, «tahlil» va «sintez» toifalari, «tushunish»dan keyin joylashtirilgan. Vaholanki, biror tizim to`g`risida to`la tushunchaga ega bo`lish uchun avvalo, uning qismlari va ular orasidagi bog`lanishni (tahlil), shuningdek uning qismlari qay tartibda o`zaro bog`lanib yaxlitlikni tashkil etishni (sintez) aniqlash zarur bo`ladi. Ehtimol Blum taksonomiyasida o`quv maqsadlari toifalarini quyidagi tartibda joylashtirish lozimdir: axborot qabul qilish, tahlil va sintez, tushunish, qo`llash, baholash Blum taksonomiyasining yuqorida qayd qilingan ba`zi kamchiliklari ko`pgina yangicha taksonomiya yaratuvchilar e`tiborida bo`ldi. Lekin ular yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmagan bo`lsalarda, yaratilgan taksonomiyalarning yutuq va kamchiliklarini taqqoslash uchun 1-jadvalga murojaat qilamiz.
Bu jadvaldan ko`rinib turibdiki, ba`zi taksonomiyalarda Blum taksonomiyasining aynan o`zini yoki uning bir qismini takrorlanadi xolos. L. Vandeveld taksonomiyasida esa faqat «sintez» toifasi «yaratuvchanlik» bilan almashtirilgan xolos. Ayrim taksonomiya yaratuvchilar «muammoni hal qilish»ga ham alohida e`tibor berganlar.



Yüklə 173 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin