Maqsadni belgilash ta'limni texnologiyalashtirish ning asosiy elementi


Psixomotor sohasiga oid taksonomiyalar



Yüklə 173 Kb.
səhifə4/9
tarix14.12.2023
ölçüsü173 Kb.
#180615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
maqsadni belgilash ta\'limni texnologiyalashtirish ning asosiy elementi

Psixomotor sohasiga oid taksonomiyalar.
2-jadval

Muallif

Taksonomik toifalar

Simpson
1966 yil

1.Idrok

2. Harakatga tayyorlik

3.Boshqarila-digan faoliyat

4. avtomatlashtirish

5. Majmualashgan faoliyat

Deyv
1969 yil







1.Nusxa
olish
2.Mani-pulyasiya

3. Aniqlik
4. Koor-dinasiya

5. Avtomatlashtirish,
to`la o`zlashtirish

Beldvin
1971 yil

1. Idrok

2. Sozlanish

3. Boshqariladi-gan faoliyat

4. Mexanizm

5. Majmualashgan faoliyat

Bruner
1973 yil




1. Niyat




2. Asab tizimining moslashuvi

3. Faoliyat
modeli

O`quv maqsadlarining qat`iy va ishonchli tizimini yaratishni faqat nazariyotchi olimlarni qiziqtiradigan mavhum (abstrakt) vazifa deb hisoblab bo`lmaydi. Maqsadlarning aniq, tartibli va iyerarxik turkumini yaratish, eng avvalo amaliyotchi pedagoglar uchun juda muhimdir. Buning sabablari quyidagicha:
1. O`quv jarayonida e`tiborni asosiy maqsadga qaratish. O`qituvchi taksonomiyadan foydalangan holda nafaqat o`quv maqsadlarni, balki asosiy vazifalarni, bundan keyingi faoliyatining tartibi va borishini ham belgilashi mumkin.
2. O`qituvchi va talabalar hamkorlikdagi faoliyatining aniqligi va oshkoraligi. Aniq o`quv maqsadlari o`qituvchi uchun talabalarga, ularning umumiy faoliyatidagi asosiy yo`nalishlarni tushuntirish, muhokama qila olish va ixtiyoriy qiziquvchi shaxslar (ota-onalar, tekshiruvchi) uchun ham aniq va tushunarli bo`lishini ta`minlash imkoniyatini beradi.
3. O`qitish natijalarini baholash andozasi (etalon) ni yaratish. Faoliyat natijalari orqali aniq ifodalangan o`quv maqsadlari, ularni ishonchli va holisona baholash imkoniyatini yaratadi. Bunday etalon faqat o`qituvchi tomonidan yaratilishi shart emas. Uni talabalar bilan hamkorlikda (demokratik) yaratish ham maqsadga muvofiq bo`ladi.
Demak, o`quv maqsadlari taksonomiyasi jahon pedagogikasida fundamental izlanishlar natijasida vujudga kelgan. U o`quv maqsadlarini belgilashning eng ilg`or usuli bo`lib e`tirof etilgan.
Taksonomiya tuzish ham nazariyotchi olimlar, ham amaliyotchi pedagoglar faoliyati samarasini oshirishning muhim omillaridan biri bo`lib hisoblanadi. O`zbekiston pedagoglari bu usulni qay darajada tezroq egallar ekanlar, ular respublikamiz ta`lim tizimini jahon pedagogikasini ilg`or tajribalari bilan uyg`unlashuviga shu darajada jadalroq o`z hissalarini qo`shgan bo`ladilar.
4. B.Blum taksonomiyasi. B. Blum rahbarligida amerikalik pedagog-olimlar ishlab chiqqan o`quv maqsadlari taksonomiyasi butun jahon pedagogikasida keng tarqalgan. Shu bilan birga g`arbda D. Gilford va R. Gagne, Rossiyada A. Ya. Galperin va A. M. Matyushkin, Polshada esa Ch. S. Nosal va M. Obara taksonomiyalari ham ko`pchilikning alohida e`tiborga sazovor bo`lganligini ta`kidlab o`tildi. B. Blum yaratgan o`quv maqsadlari taksonomiyasi bilishga oid soha sferasiga tegishlidir. Unda bilim olish jarayoni: bilish, tushunish, qo`llash, tahlil, sintez (umumlashtirish) va baholash kabi oltita toifalarga ajratib ko`rsatiladi. Bu toifalarning har biri uchun alohida bilish jarayonlari mazmuni ishlab chiqilgan. Bilim olish jarayoni darajalarining saralanish va joylashtirish ketma-ketligini kuzatar ekanmiz, taksonomiya yaratuvchilari intellektual faoliyatning barcha toifalarini to`laroq va aniqroq qamrab olishga intilganliklarini anglash mumkin. Bu esa, taksonomiya o`quv maqsadlarining faqat axborot berishga asoslangan odatdagi usulda belgilashga nisbatan takomillashgan, ilg`or usul ekanligidan dalolat beradi. O`quv maqsadlari taksonomiyasining nisbatan mukammal ishlab chikilgan va keng ko`lamda qo`llanadigan kognitiv sohasi 3-jadvalda berilgan. Ularni o`zaro taqqoslab quyidagi fikrlarni aytish mumkin.
Kognitiv maqsadlarga bir yoki bir necha dars jarayonida erishish mumkin. Affektiv maqsadlar esa shaxs ichki rivojlanishiga bog`liq bo`lib, chuqurroq xarakterga ega. Unga qisqa vaqt ichida (ayniqsa, yuqori bosqichdagilarga) erishishni amalga oshirib bo`lmaydi. Kognitiv maqsadlarni moddiylashtirish, ularni faoliyat turi ko`rinishida ifodalash osonroqdir. Shuning uchun ham, affektiv maqsadlar taksonomiyasi asosan tarbiya natijasini pedagogik tashhislashda qo`llaniladi, o`qitish texnologiyasiga oid ishlanmalar esa asosan kognitiv maqsadlar bo`yicha yaratiladi. Bir necha yillar davomida pedagogik maqsadlar taksonomiyasini takomillashtirish bo`yicha izlanishlar olib borilganligi natijasida: kognitiv, affektiv, psixomotor va operason-faoliyatli maqsadlar taksonomiyasining turli xil variantlari yaratilganligini aytib o`tdik. Lekin, bugungi kunda B.Blumning kognitiv sohadagi taksonomiyasi puxta ishlangan bo`lib, u nisbatan ommaviy tarzda yoyilgan. Uning amalda qo`llanishi ham mukammal o`rganilgan va u jahon pedagogikasida keng qo`llanilmoqda. Shuning uchun ham 1996 yilda YUNESKO Blum taksonomiyasining 40 yilligini xalqaro miqyosda nishonladi.
B.Blum taksonomiyasi yordamida o`qituvchi nafaqat o`quv maqsadlarini aniqlashtirishga, balki ularni o`zaro bog`liq bo`lgan qat`iy ketma-ketlikda joylashtirishga muvaffaq bo`ladi. O`quv maqsadlarining bunday ifodalanishi, o`qituvchi uchun talabalarga, ularning bilish faoliyati holatini tushuntirish, bu faoliyatni yakuniy natija tomon aniq yo`nalish olishga undashi uchun imkoniyat yaratadi. Demak, o`zlashtirish monitoringgi vujudga keladi. Bu taksonomiya test topshiriqlari tuzuvchilar uchun o`quv materiali elementlarini o`quv maqsadlarining qaysi toifasiga muvofiqligini aniqlashga ham qulaylik yaratadi. Bu taksonomiyani qo`llash natijasida identifikasiyalanuvchi o`quv maqsadlarini aniqlash mumkin bo`lmagan darajalarda, ularni nisbatan umumlashgan shaklda ifodalab, test topshiriqlari tuzish imkoniyati yaratiladi. Yoki, avval o`quv maqsadlari taksonomiya toifalari bo`yicha umumiyroq shaklda aniqlanib, so`ngra ularga mos keluvchi va yakuniy natijani yaqqolroq ifodalovchi fe`l tanlanib, so`ngra test topshiriqlarini tuzish mumkin.
Kognitiv (bilishga oid) soha bo`yicha B.Blum taksonomiyasi toifalarini ifodalovchi fe`llarning qisqacha ruyxatini namuna sifatida keltiramiz.




Yüklə 173 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin