57
XIX asrning ikkinchi yarmida tarixchi sifatida tanilgan olimlardan Mulla Olim Mahmud Xoji qalamiga mansub «Tarixi Turkiston» asari o’tmishimizni o’rganishda qimmatli manba hisoblanadi. Asar manbalarining boyligi bilan ajralib turadi.
Tarixchi va geograf olim Muhammad Solih Rahim Qoraxo’ja o’g’li 1830- yilda Toshkentning «Qor yog’di» mahallasida tug’ilgan. XIX asr oxirlarigacha hayot bo’lgan, ammo vafotining aniq-yili noma’lum. O’z shajarasining Shayx Xovandi Tohur (XIVasr)ga borib ulanishi haqida asarida yozib qoldirgan. Otasini Toshkent ahli ulug’lab «ulamolar nodiri», davr muallimi deb atashgan. Muhammad Solih xat-savodini o’z bobosi Abdurahmonxo’ja qo’lida chiqargan.
1840-yildan 1863-yilgacha Toshkent, Qo’qon, Buxoroning nufuzli madrasalarida bilim olib, arab, fors tillarini mukammal bilib oladi. 1863-yili ona shahri Toshkentga qaytib, bobosi imomlik qilgan masjidda imomlik qiladi.
U tabobat ilmidan ham xabardor bo’lib, tez-tez Toshkent viloyatlari qishloqlari, qir-adirlar va tog’lariga chiqar, hududlar jug’ rofiy joylashuvi, toponimikasi, shuningdek topografiyasi bilan shug’ullanib tom ma’nodagi o’lkashunos-jug’ rof, o’lkashunos-tarixchi va o’z viloyati flora va faunasi bilimdoni bo’lib etishdi. O’zi yiqqan dorivor o’simliklardan dori-darmonlar tayyorladi, lekin uni mashxur qilgan soha tarix ilmi bo’ldi.
Tarixchi olim Muhammad Solih o’lkasi tarixini o’rganishga 25-yildan ortiq vaqt sarfladi. Nihoyat, 1863-yildan 1888-yilgacha izlanishlar samarasi sifatida uning ikki jilddan iborat «Tarix jadidayi Toshkand» («Toshkandning yangi tarixi») asari yozildi. Asarning ilmiy qimmati shundaki, Toshkent shahri va viloyatiga doir tarixiy, jug’rofiy ma’lumotlar atroflicha, izchillikda berilib, Toshkentning XIX asr qiyofasi shu asar orqali mukammal ochiladi. Shaharning devor va qo’rg’onlari, kentlar, ular orasidagi masofa, toponimik ma’lumotlar, shaharning 12 darvozasi, dahalari, masjid-madrasalari, hammomlari, bozorlari, hunarmandchilik sohalari, qishloq ho’jaligi, qabriston va maqbaralari, suv ta’minoti shoxobchalari, bog’lar, meva-yu sabzavot, ekin-tekinlari ajoyib tarzda bayonini topgan.
Chorizm hukumati, ularning harbiy va tashqi ishlar vazirligi Rossiya Fanlar Akademiyasiga to’ppa-to’g’ ri buyurtma va ko’rsatma berib Turkistonni har jihatdan ilmiy o’rganish, nihoyat hukumat uchun talab etilgan ilmiy xulosalar berish vazifasini yukladi. Shuni xolis baholash lozimki, Rossiyadan safarbar etilgan taniqli olimlar ikki guruhga bo’linadi. Ularning birinchi guruhiga mansub olimlar o’z hukumati topshirig’ini sidqidildan bajarib, o’lkaning behisob boyliklarini o’zlashtirish, tezkor tashib ketishda jonbozlik ko’rsatganlar kirar edi. Ikkinchi guruh Turkiston o’lkasi xalq hayoti, yer osti, yer usti boyliklarini haqiqiy ilm-fan nuqtai nazaridan o’rganib, fan ravnaqiga katta hissa qo’shish, jahon xalqlarini o’lka hayoti, madaniyati, tabiatiga doir noyob sir-sinoatlari bilan tanishtirishdek olimlik burchini bajaruvchilardan iborat edi. Ammo bunday toifali olimlar barmoq bilan sanarli darajada kam bo’lib, hatto eng taniqli rus olimlari ham asosan mustamlakachilik g’oyalari va bosqinchilik urushlariga moyillik bildirar edilar.58
58Набиев А. Тарихий Улкашунослик. Т.: «Укщувчи», 1996. 45-бет.
Dostları ilə paylaş: |