Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə53/64
tarix03.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#86424
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

58




Vijdoni va ilmiy haqiqatga xilof ish qilishni istamagan rus ilg’or olimlari o’lkada ilmiy faoliyatlarini davom qildirdilar. Aksincha, chor hukumati ijtimoiy- tarixiy fanlar oldiga reaksion ruhdagi tub joy xalqlari turmush tarzini etnik jihatdan o’rganish, urug’lar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganib, mazkur xalqlarni idora qilishda foydalanish vazifasi qo’yildi. Rus arxeologlari oldida oltin, kumush va boshqa turdagi noyob manbalarni aniqlab, ularni Rossiyaga zudlik bilan jo’natish choralarini ko’rish vazifalari turar edi. Har bir mutaxassis O’rta Osiyoda nimani qo’lga kiritish va uni Rossiyadagi qaysi ilmiy yoki davlat yuqori tashkilotlariga jo’natish kerakligi to’g’risidagi yo’riqnomalarga ega edi. Shuning uchun o’lkaga turli soha mutaxassislari desanti tashlandi. Ular mazkur yo’riqlar asosida ish ko’rib, nodir zargarlik, miskarlik, duradgorlik, naqqoshlik, xattotlik, muxrkanlik, numizmatikaga va boshqalarga oid buyum namunalarini yig’ishga kirishib ketdilar.
Ular bunday keng ko’lamli ishda mahalliy ziyolilar yordamiga tayandilar. Shunga ko’ra ko’plab mahalliy bilimdon kishilar kam bu ishlarga jalb etildilar.
Shayboniyxon madrasasida mudarrislik qilgan Abu Said Mahsum ham qadimgi buyumlar havasmandi va to’plovchisi bo’lgan. N.I.Veselovskiy so’ziga qaraganda, Mirza Abu Said Mahsum mahalliy kishilar orasida «musulmon adabiyotida eng o’qimishli kishilardan biri» bo’lgan. Bu o’qimishlilik uning o’z qadrdon shahrining o’tmish tarixi, tarixiy-madaniy yodgorliklarini bilishga bo’lgan sinchkov va samimiy munosabati bilan qo’shilib ketgan arab, fors yozuvi va tilini mukammal bilgan Abu Said Samarqandning tarixiy-me’morlik yodgorliklarida, jumladan, Go’ri Amir, Shohi Zinda maqbarasi va boshqa tarixiy yodgorliklarda saqlanib qolgan va o’qish ancha qiyin bo’lgan yozuvlardan nusxa olishni muvaffaqiyatli ravishda sinab ko’rdi. Abu Said og’ir kasal bo’lishiga qaramay, Afrosiyobda Vyatkin o’tkazayotgan qazish ishlarini borib ko’radi. Haqiqatan ham rasadxona o’rnini aniqlashda uning xizmati mislsiz bo’ldi. Uning muvaffaqiyatli yakunlanishida o’zbek tili o’zbek tilidan tashqari arab, forsiy tillarni mukammal bilgan Shayboniyxon madrasasi mudarrisi, sharqshunos olim Abu Saidning xizmatlari benihoya katta bo’ldi. Aslida Vyatkinga rasadxonaning aniq jug’rofiy o’rnini Abu Said ko’rsatgan bo’lib, qazish ishlarini ham boshlagan edi. Ammo Sho’ro mafkurasi fanning barcha sohalarida faqat rus olimlarining birinchi bo’lishiga urg’u berganligi bois rasadxona ochilishida Abu Said Maxsum nomi yozilmay, uni faqat Vyatkin nomi bilan tarixga kiritgan edilar.
Yettisuv viloyatida arxeologiya bilan Turdi Mirg’iyosov shug’ullanib, u arxeologiyaga oid narsalarni o’n olti-yil to’plagan. Mirg’iyosov A.A.Divayevga yozgan maktubida To’qmoq rayoni chekkalarida, jumladan irrigasiya ishlari olib borilayotgan joyda qadimgi shahar vayronalari borligini xabar qilgan. Mirg’iyosovning o’zi bu joylarda qazish ishlarini olib borib, e’tiborga molik nar­salarni topgan. U bu qadimgi shahar g’ishtlarini mahalliy kishilar behayolarcha tashib ketayotganligini kuyunib ta’kidlagan. «Biz Verniyga uchta telegramma yubordik-deb yozadi u. - Ammo hyech qanday javob olmadik. Oradan yana uch-yil o’tsa, bu nodir minoradan hyech narsa qolmaydi. Qisqacha qilib aytganda, Turkistonlik arxeologlar bu yerdagi qadimgi yodgorliklarni o’z panohiga olishmasa fan va tarix uchun qimmatli manbalarning hammasi yo’q bo’ladi va



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin