Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə56/64
tarix03.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#86424
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

61




arxeologiya, amaliy san’at buyumlari namoyish etilib, nodir deb baholanganlari uzluksiz Rossiya markaziga jo’natildi. Ularning qanday usullar bilan to’planishiga doir masala osongina hal qilingan edi. Harakatdagi rus armiyasi qismlari uchun «Tavsiya»lar ishlangan edi. Undagi askar va zobitlar uchun maxsus ko’rs atmada, tarixiy yodgorlik buyumlariga alohida e’tibor berish uqtirilgan edi: «Asosiy maqsad Turkiston shaharlari va xonliklaridan qo’lyozmalar, hujjatlar, tangalar, muhrlar, amaliy san’at namunalari, noyob buyumlar, mahalliy hunarmandlar yasagan naqshinkor buyumlar, gilamlar, o’ymakorlik namunalari, egar-jabduqlar, qurol-aslaha, sopol buyumlar, zargarlik buyumlari, dur-gavhar toshlar bilan bezatilgan nodir metalldan yasalgan qilich, xanjarlar, arxiv hujjatlar, tilla, kumush tangalar, qo’lyozma kitoblar olinib xarakatdagi harbiy qismlar moddiy ta’minot bo’limiga topshirilsin». Qo’lga kiritilgan buyumlarni Peterburgga jo’natish general-gubernatorning maslahatchisi, sharqshunos A.L.Kun zimmasiga yuklatildi. 1873-yili Xiva xonligi saroy xazinasi osori-atiqalari, noyob kitoblar Peterburgga jo’natildi. 1876-yili Qo’qon xonligi tugatilib, xon saroyidagi barcha boyliklar tashib ketildi. Muhammad Raximxonning taxti san’at darajasiga ko’tarilgan naqsh o’ymakorligi namunasi bo’lib, 1874-yili Moskvadagi qurol-aslaha palatasiga topshirildi.
Buxoro amirligi vassal xonlikka aylanib, turli toifadagi rus amaldorlari sovg’a olish bahonasida saroyga oqib kela boshladilar. 1900-yildan rus amaldorlarining Xivaga safarlari kuchaydi. Ularning maqsadlari sovg’a ilinjida yurtni talash edi.
1895-yili Amir Temur maqbarasining nafis bezakli naqshinkor darvozasi Peterburgga olib ketildi.

  1. yili Amir Temur maqbarasidagi oyna qo’porib olinib, Nikolay II talabi bilan Peterburgga jo’natildi. Undagi bitiklar, tilla koshinlar, naqshinkor parchinlar jami 9 yashik qilib jo’natib yuborildi. Amir Temur va Ahmad Yassaviy maqbaralari ichidagi tilla, kumush aralashmasidan qilingan shamdonlar, yulduzsimon tilla qandillar, nodir qurol-aslahalar, harbiy kiyimlar olib ketildi.

Rus sharqshunosligi bu tuyg’ u va intilishlarni qizg’in qarshi olib, qo’llab quvvatlaganligi Turkiston tarixchiligining rivojlanishi uchun yangi saxifa ochib berdi. Masalan, Sattorxon Abdug’afforov ham rus sharqshunosligining bevosita ta’ siri ostida tarixchilar qatoridan o’rin olgan. U 1876-yili Peterburgda chaqirilgan III xalqaro sharqshunoslar syezdiga A.Kun, Jo’rabek, toshkentlik Muhammadqulov, Abdullo Niyozov va buxorolik Musojon Saidjonovlar bilan birga Turkiston vakili bo’lib qatnashadi. Rus tilini qunt bilan o’rgangan Sattorxon rus tilida yozilgan asarlarini «Turkestanskiye vedomosti» gazetasida bosib chiqaradi. Rus sharqshunoslari, jumladan, N.I.Veselovskiy rahbarligida Akram polvon Asqarov kabi havaskor tarixchi va arxeologlar etishib chiqdi. Akram Asqarov Toshkentning Rossiya tamonidan bosib olinganiga qadar Qo’qon qo’shinida nog’orachi edi. Toshkent bosib olingach, u 1870-yillarda Toshkentda tashkil qilingan ko’rgazmalarda faol qatnashdi.61 Sharqshunoslar ta’ sirida

61 Журакулов M. Археология фанига мукаддима. Самарканд., 2001. 45-бет.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin