Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə55/64
tarix03.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#86424
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

60




o’lkamizdan chiqib ketishida faol ishtirok etganligini ko’rsatadi. Bu ham tariximiz va madaniyatimizning eng boy osori atiqalaridan ajralib qolishni ta’minlashda salbiy rol o’ynagan edi.60
Chorizm O’rta Osiyoda mustamlakachilikka xos o’ta reaksion siyosat olib bordi. Bu ayniqsa madaniyat sohasida yaqqol namoyon bo’lgan. Turkiston general- gubernatori Kuropatkin ham o’z kundaligida o’lkani madaniy-iqtisodiy taraqqiyotdan chetda tutib turganligini e’ tirof etgan edi. Ilg’or rus sharqshunos va tarixchi olimi N.I.Veselovskiy (1846-1918) bu haqda o’z fikrlarini yanada ochiqroq tarzda ifoda qilgan edi: «Biz madaniyat olib keldik deb o’ylaymiz. Bo’ysundirilgan Osiyoliklarga tinchlik va osoyishtalik berdik deb o’zimizni ovutamiz, ammo bulardan ham yuksak bir oliy tuyg’ u borki, bu millat va uning milliy iftixoridir». Taniqli olimning ana shu xolis iqrorining o’ziyoq tub joy xalqlar tili, madaniyati va turmush tarzini ruslashtirish siyosatini ochib tashlaydi. Chorizm madaniyat targ’iboti bahonasida Turkistonga shovinistik g’oyasini yoydi. Fan va madaniyat sohasidagi siyosat yo’nalishini o’lka xalqlari tarixi, milliy qadriyatlari, an’anaviy urf-odatlari, islomiy ma’naviyatidan butunlay uzib tashlashga qaratdi. Buni general-leytenant Masiyevskiyning quyidagi yo’rig’ida ochiq bayon qiladi: «sharqshunoslik jamiyati deb yozadi U, Sharqni fan va Sharq manfaati uchun emas, balki mahalliy aholini chor Rossiyasiga singdirib yuborish, ya’ni ruslashtirish maqsadida o’zlashtirilishi lozim».
Rossiya Fanlar Akademiyasi sharqshunos olimlari o’zlari to’plagan Turkistondagi jamiki noyob tarixiy-badiiy ilmiy asarlarni Turkiston general- gubernatorlik huzurida 1870-yilda ochilgan kutubxonaga topshirishi lozim edi. O’sha yerda ularning ilmiy qiymati aniqlanib tanlangach, nodir nusxalari chor Rossiyasi markaziga jo’natildi. Natijada Turkistondan juda katta ma’naviy boylik, noyob xazinalar olib chiqib ketildi.
Moskva va Peterburgda sharqshunoslar ular ustida keng ko’lamli ilmiy- tadqiqot ishlari olib bordilar. Fanda katta kashfiyotlar qildilar. Bu yutuqlaridan mustamlakachi hukumat idoralari harbiy, siyosiy maqsadlarda foydalandilar.
Rossiya chorizm markaziy hukumatiga Osiyo xonliklari oltin, kumush va boshqa qimmatbaho buyumlar makoni ekanligi Pyotr I zamonidanoq yaxshi ma’lum edi. Shunga ko’ra o’sha vaqtdan boshlab O’rta Osiyo xonliklarini egallash kun tartibidan tushmadi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya maqsadiga erishgach, Turkistonning faqat moddiy boyliklariga tajovuzona munosabatda bo’lmay, balki uning asriy tarixiy-madaniy va ma’naviy-ilmiy qimmatga molik nodir boyliklarini ham talon-toroj etib, Rossiyaga tinimsiz olib ketishni yo’lga qo’ydi. Ularning ko’pchiligi jahon ahamiyatiga ega bo’lgan tarixiy san’at asarlari edi. Ushbu ishlarni rejali tashkil qilish uchun qator ilmiy jamiyatlar tashkil etildi. 1876-yili Toshkentda muzey ochilib, o’sha joyda osori atiqalar turlarga ajratildi. Uning ko’rgazma zallarida oltin, kumush, mis, bronza va boshqa qimmatbaho buyumlar, kulolchilikning ajoyib namunalari, gilamlar, xullas etnografiya,

60Лыкошин Н. С. Очерк археологических изысканий в Туркестанском крае до учраждения Туркестанского Кружка любителей археологии. Ташкент, 1896, Стр. 58.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin