Buxgalteriya hisobi fanining dolzarbligi aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy ma’limotlarga ko‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat: italyan, fransuz, nemis va angliya-amerika maktablari mavjuddir.
Buxgalteriya hisobining maqsadi, tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning qarashlari bir-biriga o'xshamaydi. Ularning ta’limotlariga ko‘ra buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliya-amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. Shu sababli buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti, obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir.
Ushbu ma’ruzalar to’plami “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Professional Ta’limning tayyorlov yo’nalishi 5.32.06.01-Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi uchun namunaviy o’quv rejada 100 soat bo’lib, undan 40- soat nazariy, 60 soat amaliy mashg’ulotlarga taqsimlangan bo’lib, texnikum o‘quvchilari hamda shu sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
1-Mavzu: Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati. Reja: Хo’jalik hisobi haqida tushuncha
Xo’jalik hisobining rivojlanishi
Buxgalteriya hisobining jamiyatdagi o’rni
Tayanch iboralar:kuzatish, o’lchash, qayd qilish, o’lchanishi, baholash, natura o’lchovi, pul o’lchovi, mehnat o’lchovi, operativ texnika hisobi, statistik hisob, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, soliq hisobi, uzluksizlik (davom etadigan faoliyat), xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi, ishonchlilik, hisoblab yozish, ko’rsatkichlarni qiyoslanishi, ehtiyotkorlik, hisobot davri daromad va xarajatlarining muvofiqligi, mulkiy alohidalik, aktivlar va majburiyatlarni haqiqatda baholash, mazmunning shakldan ustunligi, ratsionallik, zid emaslik.
Jamiyat taraqqiyoti ishlab chiqarish va savdo-sotiqni rivojlanishi taraqqiyot omili hisoblanib, uning rivojlanishi bilan hisobga olish, hisobni yurg’azish uchun talab yaratila boshlangan. Iqtisodiy adabiyotlarda tahlil qilinishiga qarab aytish mumkun, hisobni yuritilganligiga kamida 6 ming yil bo’lgan.
XV asrning oxirlarida Italyada kapitalizimning tez taraqqiyot buxgalteriya hisobini rivojalanishiga va o’z navbatida ikki yoqlama yozuvni shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Italyan matematik olimi 1494 yilda buxgalteriya hisobi ikki yoqlama yozuv bilan asoslangan Italyancha hisob shakli deb yuritilgan shaklni yaratadi va shu davrdan boshlab hisobni yuritishda ilmiy o’zgarishlarga erishila boshlandi.
Har bir davr hisobni rivojlanishi talab qilgan holda uning ilg’or usul va tamoyillarini ishlab chiqishni taqazo qilgan holda faoliyat ko’rsatadi.
Ishlab chiqarishni rivojlanishi o’z navbatida savdo-sotiqni rivojlanishiga olib keldi. Bu davrda har bir ishlab chiquvchi hisob kitobini shaxsan o’zi olib borishdan ko’ra maxsus hisobchi olishni lozim topdi. Хo’jalik faoliyatni rivojalanishi buxgalteriya hisobining yangi usullarini joriy qilishni taqazo qildi. Buxgalteriya hisobini paydo bo’lishida har bir ishlab chiqaruvchi yoki savdogar o’ziga taaluqli bo’lgan mulkni to’liqligini ta’minlash, o’z daromadini aniqlash va nazorat qilish maqsadida hisobidan foydalangan bo’lsa, ishlab chiqarishni rivolanishi hisob yuritishda maxsus kitoblardan foydalanishni taqazo etdi.
Italiyalik olim Luka Pacholi 1494 yilda «Schyotlar va yozuvlar traktati» kitobini yozishi bilan hisob shakllariga asos solindi, buxgalteriya hisobida tegishli kitoblardan foydalinish imkoniyatini yaratadi, ya’ni buxgalteriya hisobining «kitob» shakliga asos yaratildi.
O’zbekiston respublikasi mustaqil deb e’lon qilinishi xalqimizning orzu-istaklarini, milliy shuxratini tiklanishi, johon jamiyatini o’z o’rnini topishi bilan birga, mustaqil davlat iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirishga qo’yilgan qadam bo’ldi.
O’tgan qisqa vaqt ichida iqtisodiyotni erkinlashtirish va bu borada amalga oshirilgan iqtisodiy isloxatlarning samarasi buxgalteriya hisobini xalqaro andozalar asosida tashkil qilishni taqazo qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunni qabul qilinishi1, hisobga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirishga, uning ilg’or usullarni ishlab chiqishni joriy qilishni talab qilmoqda.
1
Respublikada buxgalteriya hisobini takomillashtirish maqsadida, uni xalqaro standarlar asosida tashkil qilinishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Iqtisodiyotni oldidagi ustivor vazifalarni amalga oshirishda buxgalteriya hisobining ahamiyati kattadir.
Bozor munosabatlariga o’tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xalq xo’jaligini boshqaruvi va korxonalar faoliyatini nazorat qilishda buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil qilish talab qilinadi. Bu borada bir qator ishlar shu jumladan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun, xalqaro buxgalteriya hisobi andozalariga asosan milliy buxgalteriya hisobi andozalari ishlab chiqish, hamda «Maxsulot (ish va xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish jarayonlari taujibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom2»i (1999 yil 5 fevral 54-sonli qaror) tasdiqlangan.
Demak respublikamizda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uni takomillashtirish davri boshlanadi. Bu davrni yutug’ini belgilashda hisob shakllarini sodalashtirish, hisob va hisobotni ta’sir kuchini oshirish bilan bog’liq deb aytish maqsadga muvofiqdir.
Respublikamiz iqtisodiyotidagi ijobiy o’zgarishlar bilan ularni boshqarishdagi daslabki bir-biri bilan bog’liqdir. Iqtisodiyotni erkinlashtirish buxgalteriya hisobini nazariy va amaliy jixatdan takomillashtirishni talab qilmoqda. Chunki buxgalteriya hisobi iqtisodiyotni boshqarish uchun axborotlar tayyorlab berishi hisobiga iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Jamiyatning xar qanday taraqqiyot bosqichi va mulkchilik shakllarida tashkilotlarning boshqarish uchun mablag’lari, xo’jalik jarayonlari hamda tashkil topish manbalari to’g’risida xaqiqiy ma’lumotlar zarurdir. Bunday ma’lumotlarni buxgalteriya hisobidan olish imkoniyati yuqoridir. Тarixga nazar tashlaydigan bo’lasak, bu fan jamiyat taraqqiyoti va davlatdagi siyosiy o’zgarishlar tufayli doimo rivojlanib, takomilashib kelgan.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o’zgarishlar, mulk shaklidagi yangilaklar buxgalteriya hisobini bugungi kun talabiga mos kelishini taqazo qilmoqda. Iqtisodiy isloxatlar buxgalteriya hisobini soddalashtirish, uning nazorat tizimidagi o’rnini mustaxkamlashni, hisob va hisobotni takomillashtirishni taqazo qiladi.
Bugungi kungacha dunyoda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning to’rt maktabi bo’lib; italyan, nemis, fransuz va amarika maktablaridir. Bu maktablarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish, hisob xususiyati, ob’ekti, vazifalari va hisobni yuritish usullari bir-biridan farq qiladi.
Mustaqillik yillardayoq Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisobotiga alohida e’tibor berilib, O’zbekiston MDH mamlakatlarida birinchilardan bo’lib «Buxgalteriya hisobi to’g’risida» qonun qabul qildi (1996 yil 30 avgust).
Qabul qilingan qonunda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari quydagicha ko’rsatilgan:
- Buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozuv asosida yuritish;
- Uzliksiz;
- Хo’jalik jarayonlari, aktiv va passivlarni pulga boholash;
- Ishonchsizlik
- Ehtiyotkorsizlik
- Mazmunining shaklidan ustunligi;
- Ko’rsatkichlarni qiyosiyligi;
- Moliyaviy hisobotlarning betafligi;
- Hisobot davridagi daromad va xarajatlarning biri biriga mos kelishi.
Yuqoridagi tamoyillar buxgalteriya hisoboni tashkil qilishning nazariy asoslarini yaratadi va respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng ta’luqlidir.
2
Bu tamoyillarning ayrimlari buxgalteriya hisobining usullari sifatidan keng qo’llanib kelmoqda, ayrim tamoyillar buxgalteriya hisobining predmenti sifatida o’rganilmoqda.
Bugungi kunda buxgalteriya hisobining besh elementi mavjud deb aytar ekanmiz bizning nazarimizda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda bosh me’zon hisoblangan moddiy javobgarlik tamoyiliga axamiyat berilmagan. Хar qanday mulkchillik shakli moddiy javobgarlik asosida tashkil qilinadi, korxona mablag’larining o’zgarishi moddiy javobgar shaxslarning hisobotida birlamchi ma’lumotni yig’adi va ma’lumot hisobni yuritish uchun asos qilib olishadi. Demak moddiy javobgarlik asosida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asos yaratiladi.
Alohida ta’kidlab o’tish lozimki, respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy o’zgarishlar tufayli buxgalteriya hisobida o’zbek maktabini yaratishga qadam qo’yildi, bu qadam buxgalteriya hisobi milliy andozalarini ishlab chiqishga undadi, uslubiy mustaqillik, ya’ni har bir korxona buxgalteriya hisobini yuritish taritibi va uslubini o’zi belgilaydi, ya’ni hisob siyosatiga amal qiladi.
BHMSdan asosiy maqsad milliy va xorijiy mutaxasislarning hisob siyosati va hisobot axborotini tushunishlardagi farqi bartaraf qilishdir. BHMSni ishlab chiqishda milliy iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlari va talablari hisobga olingan.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxatlar tufayli buxgalteriya hisobi, audit va hisobotni takomillashtirish asosalari yaratiladi.
Хozirda buxgalteriya hisobining O’zbekiston Respublikasidagi rivojlanish xolatini quydagi bosqichlarda o’rganib chiqish maqsadga muvofiq:
1987 yillar. Bu davrning o’ziga xos xususiyati bu davrda buxgalteriya hisobi va hisoboti sobiq SSSR da shaklangan holda saqlanishdir, ikkinchi xususiyati bu davrda iqtisodiy isloxatlarni ishlab chiqish davri hisoblanadi.
1992-1995 yillar. Bu bosqichda buxgalteriya hisobi, hisobot va auditni rivojlantirish uchun asos solinishi mustaqil Respublikada bir qator qonun va Nizomlar, shu jumladan «Auditorlik faoliyati to’g’risida» (1992 yil), «Buxgalteriya hisobi va hisobot to’g’risida» nizom ishlab chiqiladi.
1996 yildan keyingi yillarda. Bu davrda O’zbekiston respublikasida «Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish, yurg’azishda me’yoriy xujjatlar to’plami yaratildi.1998 yildan boshlab buxgalteriya hisobi milliy standartlari yaratila boshlandi.
Bu davrning o’ziga xos xususiyati 21-sonli BHMAga asos yangi schyotlar rejasini ishlab chiqish va korxona tashkilotlar faoliyatida joriy qilish imkoniyati amalga oshirildi.
2000 yillardan boshlab buxgalteriya hisobini xalqaro andozalarga moslashtirish davri boshlandi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirishga alohida axamiyat berildi va berilmoqda.
Тa’kidlash kerakki respublikamizda buxgalteriya hisobini va hisobotini takomilashtirishga aloxida e’tibor berilmoqda.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida amalga oshirilgan har bir jarayon o’z maqsadi, qo’llanishi, mablag’lar harakati bilan bog’liqligi bilan bir biridan farq qiladi. Amalga oshirilgan jarayon ma’lum vaqt birligida olib borilgan kuzatishlarda hisob turlarida o’z ifodasini topadi.
Mablag’lar holatidagi o’zgarishlarni vaqt birligida olib borilgan kuzatishlar orqali ham bilib olish imkoniyati mavjud, lekin bu kuzatish faqat kuzatilayotgan jarayon bo’yicha kuzatish muddati bo’yicha ma’lumot beradi. Korxona bo’yicha mablag’lar harakatini to’liq ifodalanishi, uni umumlashtirish bevosita uzluksiz kuzatish davomida olib borildi.
Korxona faoliyatida shunday kuzatishlar olib boriladiki, ular mablag’lar harakati bilan bog’liq bo’lmasdan, korxona ish faoliyatini tashkil qilish, boshqaruv tizimini soddlashtirish bilan bevosita bog’liqdir. Ma’lum bir vaqt birligida o’tkaziladigan kuzatishlarda bir turli jarayonlar holati o’rganiladi. Bunday kuzitishlar korxona rahbarining buyrug’i bilan maxsus
3
kuzatuvchilar tomonidan o’tkazish mumkun. Misol uchun tokir tomonidan bir soat davomida tayyorlangan qismlar sonini aniqlash uchun maxsus kuzatish ishlari olib boriladi va tokirning bir soat davomida tayyorlangan qismlari hisoblanib chiqiladi. Olib borilgan kuzatish natijasida tokir ish vaqti davomida nechta qismlarni tayyorlab berish imkoniyatini aniqlab beradi. Buning uchun maxsus tasdiqlangan hisobot shakli, hisob registrlari, maxsus xujjat talab qilinmaydi.