Marg`ilon bank-moliya texnikumi buxgalteriya hisobi nazariyasi fanidan mavzular to’plami



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə4/32
tarix05.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#141558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
100 SOATGA MAVZULAR TO\'P 1-QISM (2)

2-davr. Qiymat davri. (bizning eraning 500 yilidan 1300 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi) Ushbu davr pulni o‘ylab topilishi va muamola vositasiga aylanishi bilan belgilanadi. Shu paytga qadar xo‘jalik jarayonlari naturada o‘lchangan bo‘lsa endilikda unga parallel ravishda qiymatda ham baholashga o‘tildi. Qiymat ifodasini yuzaga chiqishi buxgalteriya hisobida patrimonal va kameral hisobni shakllantirdi. patrimonal hisobda mulkka egalik birinchi o‘riga qo‘yilsa, kameral hisobda uning kirimga olinishi yoki hisobdan chiqarilishi xarakterlangan.
Pul patrimonal hisobda qiymat o‘lchovi vositasi sifatida, komeral hisobda to‘lov vositasi sifatida qaraladigan bo‘ldi.
3-davr. Ikki yoqlama yozuv davri. (Ushbu davr 1300-1850 yillarni qamrab oladi.) Bu davrda xo‘jalik jarayonlarining ommalashuvi, murakkablashuviga mos ravishda oddiy yozuvdan ikki
4
yoqlama yozuvga o‘tish zaruriyatining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Hisob yozuvlariga katta urg‘u berilganligi ham ushbu davrga xos. Bu davrda buxgalteriya hisobida dastlabki schyotlar rejasi ishlatila boshlandi.
Buxgalteriyaning zamonaviy tizimining kelib chiqishi Luka Pacholiga borib taqaladi Vinetsiya, Italiya XV asrning ohiri. Pacholi aytdiki “biror iqtisodiy hodisa aniq bir tizim orqali tartibli va ishonchli qilib ma’lumotlarni buxgalteriya kitobiga yozilishi qayd qilinishi kerak”. Buxgalteriyaga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab qonun qoidalari evolyutsiya jarayoni davomida rivojlantirildi. Bular buxgalteriya prinsiplari yoki konsepsiyalari deb ataladi.
4-davr. Nazariy-amaliy davr (ushbu davr 1850-1900 yillar oralig‘ini egallaydi). Bu davrga kelib xo‘jalik jaryonlariga huquqiy maqom shakllandi. Natijada jaryonga ham iqtisodiy jihatdan, ham huquqiy jihatdan yondashuvlar belgilandi. Schyotlar rejasining differentsiyasi boshlandi, shakllariga ahamiyat qaratildi, balans, foyda, tannarx, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari tushunchalari shakllandi. Buxgalteriya hisobi butun reallikni baholashni qamrab oldi. Buxgalteriya hisobi butun jarayonni suratga oladigan, rengenometriya qiladigan elementga aylandi.
5-davr. Ilmiy davr. (Ushbu davr 1900 – 1950 yillarni o‘z ichiga oladi). Bu davrda asosiy e’tibor mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash, xarajatlarning jadalligi bilan ajralib turadi. Kalkulyatsiyalash tartibi ham ushbu davrga xos. Mahsulotning ishlab chiqarish va to‘liq tannarxini aniqlash, smeta qiymati tushunchasi, direkt kost, standart kost usullari, to‘g‘ri va egri xarajatlar ushbu davrning eng muammoli masalasiga aylangan. Boshqaruvning har bitta funktsiyasini ajratish, soliqqa tortish masalalarida buxgalteriya hisobini o‘ta va aniq tizimi yaratildi. Buxgalteriya hisobini ishlab chiqarish hisobiga alohida urg‘u berildi. Boshqaruv va moliyaviy hisobning tarkiblanishiga o‘tish davri boshlandi.
6-davr. Hozirgi davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr 1950 yildan hozirgi kunga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalqaro standartlarning qabul qilinishi bilan xarakterli bo‘lgan ushbu davr buxgalteriya hisobining rivojlanishida o‘ziga xos revolyutsiya davri bo‘ldi deyish mumkin. Buxgalteriya hisobi, mulk egalari, jamoat, davlat manfaatlar bo‘yicha o‘zining aniq javoblariga ega bo‘ldi.



Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin