Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 743 www.ares.uz boshqa bolaga qarab turuvchi oila a‘zosi yo‗qligi haqida hujjatlar taqdim etilishi
kerak bo‗ladi.
8
Mamlakatimizda esa bolalar bog‗chaga bir yoshdan qabul qilinadi. Farzandi
uch yoshga to‗lmagan onalarga mehnat qonunchiligida imtiyozlar belgilangan.
Davlatimiz maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qamrov masalasini oshirish hamda
maktabgacha tayyorlovni to‘liq amalga oshirish maqsadida yangi tahrirdagi qonun
hujjatlariga tegishli normalar kiritildi. Jumladan, O‗zbeksiton Respublikasi ―Ta‘lim
to‗g‗risida‖gi qonunga muvofiq maktabgacha ta‘lim va tarbiya olti yoshdan yetti
yoshgacha bo‗lgan bolalarni boshlang‗ich ta‘limga bir yillik majburiy tayyorlashni
ham nazarda tutadi.
9, 8-modda
Endilikda respublikamizdagi 6 yoshdan-7
yoshgacha bo‗lgan barcha ta‘lim olishga layoqati bo‗lgan bolalar davlat va nodavlat
maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 1 yillik maktabgacha tayyorlov guruhida
boshlang‗ich sinflarga tayyorlanadi va ularga sertifikat beriladi.
Bu jarayon rivojlangan mamlakatlarda esa ancha ilgari boshlanadi. Masalan,
Italiyada bolalar 3 yoshdan-6 yoshgacha maktabga tayyorlanadilar. Bu jarayon davlat
bog‗chalarida va xususiy katolik bog‗chalarida amalga oshiriladi. Buyuk Britaniyada
esa 1988 yilda «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonuni kuchga kirgan. Unda nafaqat
ta‘lim standartlari, balki bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida ruhiy rivojlanish
darajasiga bazaviy baho berish ham belgilangan. Angliya, Shotlandiya va
Uelsda majburiy ta‘lim 5 yoshdan, Shimoliy Irlandiyada esa 4 yoshdan boshlanadi.
Shuning uchun ham majburiy ta‘limda o‗qitishni boshlash muddati Yevropada
eng erta deb hisoblanadi. (2-jadval)
Singapurda ham maktabgacha ta‘lim ta‘limning boshlang‗ich bo‗g‗ini
hisoblanadi. Bog‗chaga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi. Ikki-uch yil davomida
ularga ona tili va ingliz tili, o‗qish, sanash, kuylash, rasm chizish, raqs tushish kabilar
o‗rgatiladi. Singapurda davlatga qarashli bog‗chalar yo‗q. Maktabgacha ta‘lim
muassasalarining barchasi xususiy bo‗lib, ayrimlarigina diniy tashkilot yoki
jamg‗armalar tomonidan boshqariladi.