“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-24, Issue-1, December - 2022
113
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam”
davlat
dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi
tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan:
1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli
ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab
olindi.
2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida
mavjud markazlar hamda
umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor
qaratildi.
Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-
onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan
qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv
dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar.
Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot
bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish
yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya,
loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va
origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos
bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi
olam bilan tanishtirish
mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida
bolalarning do‘stlari orasida o‘z
fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar
tuzish,
savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud
bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika
markazida bolalarda sensor
tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash
ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin
jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”,
“Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan
jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash,
kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.