Nazorat savollari: 1. Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo’jaligini mazmunan izohlab bering?
2. Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo’jaligini hududiy farqlarini izohlab bering?
3. Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotdagi ahamiyatini tavsiflang?
4. Qishloq xo’jaligining etakchi tarmoqlarini belgilang va tavsif bering?
5. Markaziy Osiyodagi qishloq xo’jaligi rayonlarini tavsiflang, sabablarini belgilab bering?
6. Qishloq xo’jalagida yangi xo’jalik yuritish shakllari haqida nimalarni bilasiz, tavsiflang?
7.Mintaqada qishloq xo’jaligini rivojlantirish istiqbollari nimalar bilan bog’liqligini aytib bering?
8. Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo’jaligining yaqin o’tmishi, uni joylashtirish va rivojlantirishda olib borilgan ishlarning oqibatlarini aniqlang?
9. Statistik ma’lumotlar va manbalar asosida mintaqada qishloq xo’jaligi rivojlanishiga hulosa chiqaring?
9-mavzu: Markaziy Osiyo davlatlari transporti
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar: 1.Markaziy Osiyo davlatlari transporti.
2.Markaziy Osiyo davlatlari transporti mustaqillik yillarida taraqqiyoti.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Transport, transport magistrali, suv transporti, aeroport, port.
1-asosiy savol bayoni: Transport xalq xo’jaligi tarmog’i bo’lib, xo’jalik va aholining yuk va yo’lovchi tashishga bo’lgan extiyojini o’z vaqtida ta’minlab turadi. U shuningdek, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylanishiga ta’sir ko’rsatadi. Xalq xo’jaligini transportsiz rivojlantirish mumkin emas, chunki transport sanoat bilan qishloq xo’jaligi Markaziysidagi ishlab chiqarish aloqalarini mamlakatning turli rayonlari Markaziysidagi mahsulot almashinishini, uning ichki va tashqi aloqalarini ta’minlaydi. Yangi xududlarni o’zlashtirishdan oldin ularga transport yo’llari o’tkaziladi. Transportning mudofa ahamiyati katta. Transport taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti bilan, shuningdek texnikaning istiqboli bilan ham bog’liq. Transport qanchalik takomillashgan bo’lsa mamlakat, uning jahon xo’jaligi miqyosidagi roli hamda ijtimoiy mehnatning xududiy taqsimlanishi taraqqiy etadi. Transport taraqqiyoti mamlakatda va uning ayrim rayonlarida ishlab chikarishning ixtisoslashuviga ta’sir ko’rsatadi. Transport mamlakatning siyosiy va madaniy hayotida ham muhim ahamiyatga ega. O’tmishga nazar tashlasak, Markaziy Osiyo xududidan “Buyuk ipak yo’li”o’tgan.
Ipak yo’li G’arbiy Evropani janubiy va sharqiy Osiyo bilan bog’lab turgan, uning shaxobchalari Markaziy Osiyo xududi bo’ylab tarqalgan. Markaziy Osiyodagi xalqlar bir birlari bilan shuningdek, qo’shni xududlardagi halklar bilan ijtimoiy, madaniy aloqa qilganlar. ”Buyuk ipak yo’li”ning ta’sirida yirik shaharlar, obod mahallalar barpo bo’lgan. Madaniyat va ma’rifat taraqqiy etgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dengiz yo’llarining ochilishi, shuningdek, yaqin va Markaziy sharq mamlakatlarida vaziyatning keskinlashuvi oqibatida, Buyuk Ipak yo’lining Markaziy Osiyo xududidagi mavqei pasayib borgan.
Chor Rossiyasi davrida Markaziy Osiyo xududlarining katta qismi bosib olinishi natijasida boy tabiiy mineral resurslar o’zlashtirildi. Mintaqa xom-ashyo etkazib beruvchi o’lkaga aylandi. Natijada transport aloqalari shakllandi. Dastlabki temir yo’llar Chor Rossiyasi davrida qurildi. O’zbekistonda temir yo’l qurilishi 1888 yilda boshlanib, Chorjo’y temiryo’li davom ettirilib, Samarqandga olib kelindi, 1890 yilda esa Toshkentdan Andijonga etkazildi. 1905 yilda Orenburg va Toshkent oralig’ida temir yo’l ishga tushirildi.
Sobiq Ittifoq davrida 1931-yili Turksib temir yo’l magistralining (1445 km) ishga tushirilishi Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy hayotida katta ahamiyatiga ega bo’ladi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo xududida Aris–Orenburg, Aris–Novosibirsk, Toshkent–Krasnovodsk yo’nalishlari bir-birlarini bilan bog’laydi. Respublikalar ichki xududlari ham temir yo’llar bilan ta’minlandi, temir yo’l transportining zichligi ortib bordi. Jumladan Qozog’istonda Petropavlovsk-Borovoy temir yo’li Qarag’anda va Balxashga etkazildi, Jarik-Jezqazg’on, Atirau-Orsk, Janubiy Sibir temir yo’l magistrallari qurildi. Shuningdek, Markaziy Sibir magistrali (Qustanoy, Ko’kchatov-Irtish-Qorasu) Beyneu-Qo’ng’irot (1972) va Makat–Aleksandr Gay temir yo’llari ishga tushirildi. Qirg’izistonda Lugovaya –Bishkek-Baliqchi; O’zbekistonda Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yo’llari 1952-1955 yillarida, Navoiy-Uchquduq 1962 yilda, Termiz-Qo’rg’ontepa-Yavan, Nukus-Chimboy 1990 yilda, Tuyamo’yin-To’rtko’l va boshqa yo’nalishlarda temir yo’llar qurildi.
Sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo xududlaridagi shahar va qishloqlarni, tog’-kon sanoati markazlarini, chorvador tumanlarni birlashtiruvchi tranzit va mahalliy avtomobil yo’llari qurilib ishga tushirildi. Biroq bu xox temir yo’l, yoki avtomobil yo’li xox quvur hamda suv va havo yo’li bo’lsin, ular “markaz” ko’rsatma rejasi asosida barpo etilardi. O’sha davrda xududdagi respublikalarning ixtiyori markazning qo’lida edi. Shuning uchun ham extiyojdan kelib chiqqan holda biror-bir transport tarmog’ini qurish va barpo etish “markaz” ko’rsatmasisiz mumkin emas edi. Bunga quvur transporti orqali gazlashtirishni misol qilib olsak bo’ladi. Sobiq Ittifoq davrida transport yo’llarining zichligi respublikalarda bir xil emas edi. Masalan har 1000 kv. km.ga to’g’ri keladigan temir yo’llar zichligi Qirg’izistonda-1,8km; Turkmanistonda-4,9 km; O’zbekistonda–14,7 km.ga; avtomobil yo’llarining zichligi Ukrainada 412,2 km bo’lgan xolda, Turkmanistonda 43,2 km, Tojikistonda 133,4 km. va O’zbekistonda 207,4 km.ni tashkil qilgan.
Markaziy Osiyoda yuk va yo’lovchi tashishda temir yo’l transportining ahamiyatti katta. Shuning uchun ham tranzit temir yo’llaridan tashqari maxalliy temir yo’llar qurishga katta e’tibor berilmoqda. Transport yo’llarining ahamiyati respublikaning tabiiy sharoiti, extiyojidan kelib chiqqan xolda bir- biridan farqlanadi. Masalan Qirg’iziston va Tojikiston respublikalarida rel’ef xususiyatini etiborga olganda avtomobil transportining xissasi salmoqlidir. Shuning uchun respublikalarda meridianal va kengliklar yo’nalishidagi avtomobil yo’llarining qurilishiga katta e’tibor qaratilgan. Bunday avtomobil yo’llari Issiqko’l xalqasida, Bishkek–O’sh, O’sh–Xorog, Dushanbe–Xo’jand, Toshkent–Termiz orasida, janubiy Turkmanistonda ham qurilgan. O’zbekistonda foydalaniladigan avtomobil yo’llarining uzunligi 43,4 ming km, Qozog’istonda avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 40 ming kmdan ortiq. Asosiy avtomobil yo’li magistrallariga Almati–Bishkek–Shimkent– Toshkent; Pavlodar – Omsk yo’nalishlari kiradi.
Markaziy Osiyoda suv transporti Balxash ko’lida, Irtish, Ural, Amudaryoda mavjud, Markaziy Osiyo davlatlarini bog’lovchi Turkmanboshi porti dengiz transporti markazi vazifasini bajaradi. 1962 yilda Turkmanboshi – Boku paromi ochildi va unda har xil yuklar tashiladi. Amudaryo suv transportidan Tojikiston, Afg’oniston, O’zbekiston, Turkmaniston davlatlari foydalansa, Irtish daryosi transportidan Qozog’iston, Rossiya, Xitoy davlatlari foydalanishadi. Suv transportida ayniqsa Kaspiy dengizining, qisman Issiqko’lning salmoqli ulushlari bor.
Markaziy Osiyo xududida asosan Qozog’iston, O’zbekiston va Turkmaniston, qisman Tojikiston va Qirg’izistonda quvur transporti rivojlangan. Jumladan, Uzen–G’arbiy Qozog’iston, Atirau–Orsk. Uzen–Atirau–Sizran orolig’ida neft quvuri qurilgan. Neft quvur transporti O’zbekistonda dastlab 1908 yilda Chimyon neft konidan Vannovsk (Oltiariq) nefni qayta ishlash zavodiga tortilgan. Respublikada uzunligi 100 km bo’lgan Ko’kdumaloq-Buxora neft quvur transporti 1994–97 yillarda qurib ishga tushirilgan. Eng uzun gaz tashuvchi quvur transporti markazda Turkmaniston, O’zbekiston va Qozog’iston xududlaridan o’tkazilgan. Nebitdog’–Turkmanboshi, Jarqoq–Buxora–Samaqand–Toshkent; Muborak–Toshkent–Shimkent–Taraz–Bishkek–Almati shular jumlasi-dandir.
Markaziy Osiyoda havo transportining ham ahamiyati katta. Havo transporti respublikaning ichki qismlarini shuningdek, respublikalar orasini hamda xorijiy davlatlarni bir birlari bilan bog’laydi va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy hayotida muhim rol o’ynaydi. Markaziy Osiyodagi ko’plab aeroportlar xalqaro talablarga javob beradigan darajada rekonstruktsiya qilingan.