Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Shimoliy Qozog’iston iqtisodiy rayoni



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə43/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Shimoliy Qozog’iston iqtisodiy rayoni–Markaziy oblastni o’z ichiga oladi. Bular Aqmo’la, Qustanay, Shimoliy Qozog’iston va Pavlodar oblastlari. Shimoliy Qozog’iston Respublikaning chekka shimoliy hududining Ishim, Tobol va Ubagan daryolari havzasida, sharqiy qismi Irtish daryosining Markaziy oqimida joylashgan. Shimoliy Qozog’iston maydoni jihatdan G’arbiy Qozog’iston va Janubiy Qozog’istondan keyin uchinchi o’rinda to’radi. Rayon respublika hududining 20,8 %-ni, aholisining esa 24 %-ni tashkil etadi. Shimoliy Qozog’iston hududida mamlakat poytaxti Astana shahri joylashgan.
Mintaqa hududi asosan tekisliklardan iborat. Shimoliy qismi G’arbiy Sibir tekisligi bilan qo’shilgan bo’lsa, janubiy qismi Qozog’iston past tog’laridan iborat. Shimoliy Qozog’iston o’rmon – dasht va dasht zonasidan cho’l zonasiga almashadigan hududda joylashgan.
Rayonning shimoli – g’arbida Qustanay temir rudasi koni, uning yonida Jitiqora asbest, To’rg’ay qo’ng’ir ko’mir havzasi, janubida esa Arqaliq boksit konlari bor. Pavlodar oblastida Ekibastuz toshko’mir, Maykube qo’ng’ir ko’mir, Bo’zshako’l mis, Kereku, Tobiljon, Qalqaman osh tuzi konlar bor. Jitiqora (Qustanay), Mayqayn (Pavlodar), Stepnyak, Vasilkov, Jolimbet, Aqbeyt, Beshtepa (Aqmo’la) oltin konlari mavjud. Rayonda ohaktosh, chinni qumi va boshqa qurilish materiallari uchraydi.
Rossiyaning sanoatlashgan rayonlari bilan qo’shnichiligi Shimoliy Qozog’istonda tog’ – kon sanoati va energetika tizimini rivojlanishiga zamin yaratadi. Rayon elektr energetikasining asosini IES – lar tashkil etadi. Bunday quvvatli korxonalar Petropavlovsk, Qustanay, Astana, Rudno’y, Ekibastuz, Pavlodar shaharlarida ishlaydi. Yirik IES – lar kuvvati 4 mln kVt ni tashkil etadi, bular iqtisodiy rayon bilan birgalikda boshqa rayonlarga ham elektr energiyasini etkazib beradi.
Rayon sanoatida oziq – ovqat sanoati tarmoqlari etakchilik qiladi. Rayonda go’sht, sut, moy ekstratsiya, un–krupa sanoati tarmoqlari ixtisoslashgan.
Rudno’y, Ekibastuz, Petropavlovsk, Jitiqorada joylashgan go’sht kombinatlari go’sht-konservasi, yog’ va boshqa mahsulotlar beradi. Sut zavodlari sariyog’, pishloq, tvorog, quritilgan sut va boshqa sut mahsulotlarini etkazadi. Rayonda Markaziy va kichik sut mahsulotlarini etqazib beruvchi korxonalar ko’p. Un kombinatlari Astana, Petropavlovsk, Kukchatau, Pavlodar, Qustanay shaharlarida joylashgan.
Engil sanoat qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash bilan shug’ullanadi, ichida tikuvchilik, poyabzal tarmoqlari ancha rivoj topgan. Ular viloyat, tuman markazlari, yirik aholi punktlarida ham mavjud. Petropavlovsk, Pavlodarda mo’yna zavodi, Astana, Qustanay, Petropavlovsk, Pavlodarda tikuvchilik, poyabzal kombinatlari joylashgan.
Shimoliy Qozog’istondagi og’ir sanoatning tog’ – kon ishi tarmog’i rivojlangan. Qustanay temir koni asosida Sokolov – Sarbay, Lisakov, Kachar kon boyitish kombinatlari ishlamoqda. Arkalikda boksit qazib olinib, suv va elektr energetikasi ko’p bo’lgan Pavlodar glinozyom zavodiga keltirilib, alyuminiy olinadi. Pavlodar oblastining Aqsu shahrida ferrosplav zavodi sifatli po’lat ishlab chiqaradi.
Mashinasozlik sanoatida qishloq xo’jalik mashinalari jumladan, Astana shahrida “Aqmo’laselmash”, “Qozoqselmash” zavodlari don yig’uvchi, o’t uruvchi, erroziyaga qarshi foydalanuvchi texnika turlari ishlab chiqariladi. Pavlodarda traktor, Qalqamanda buldozer, Makinda avtomobil va traktor detallarini ishlab chiqaradigan zavodlar bor. Petropavlovskda qora metallurgiya sanoati uchun detallar, Kukchatovda meditsina apparatlari, tarozi ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Qustanayda suniy tola kombinati va Pavlodar neftni qayta ishlash korxonalaridir. Qurilish sanoati korxonalari Qustanay va Astanada g’isht zavodi, temir – betin konstruktsiyasi zavodi, Jitiqorada asbest kombinati asbest quvurlari, shifer, plita va boshqa mahsulotlari ishlab chiqaradi. Ostonada farfor – fayans zavodi joylashgan.
Er resurslari rayonning muhim tabiiy boyligidir. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlar maydoni – 50 mln ga, shundan 24 mln ga – haydaladigan erlar, 26 mln ga esa chorva uchun yaylovlar, pichanzorlar, o’tloqlardir.
Qishloq xo’jaligi erlarining 43 % i haydaladigan erlar. Ekinzorlarning 78 %-da donli ekinlar, asosan yozgi bo’g’doy ekiladi.
Respublika hududida yig’iladigan don mahsulotlarining 90 % -i Shimoliy Qozog’iston hissasiga to’g’ri kelmoqda. Bu rayonda respublikada ekiladigan bahorgi bo’g’doyning 75 %-i ekiladi. Rayonning markaziy qismida qurg’oqchilikka chidamli tariq etishtirilib, uning maydoni respublikada tariq ekiladigan rayonlarning 40 % ni tashkil etadi.
Janubiy Qozog’iston va Sharqiy Qozog’iston rayonlari bilan solishtirganda, bu rayonda texnik ekinlarning ulushi kam. Moy beradigan texnik ekinlardan kungaboqar asosan Pavlodar oblastida ekiladi ( respublika kungaboqar ekinzorlarining 20 % i). Qand lavlagi Irtish daryosi havzasida ekiladi. Yirik daryo havzalari va shahar atrofi xo’jaliklarida kartoshka, sabzavotlar ekiladi.
Iqtisodiy rayonda chorvachilik dexqonchilik bilan bir qatorda rivojlanmoqda. Shimoliy Qozog’istonda sut va go’sht-sut yo’nalishidagi yirik qoramol chorvachiligi etakchilik qiladi. Unga Qustanay va Shimoliy Qozog’iston viloyatlarining o’rmon – dasht va dasht zonalari tabiiy sharoiti qo’l keladi Shuning uchun sut yo’nalishidagi qizil sigirlar, janubida esa go’sht yo’nalishidagi qozoqlarning oq bosh sigirlari boqiladi.
Qo’ychilik asosan Pavlodar, Qustanay oblastlarining janubida, Aqmo’la oblastida rivojlanmoqda. Rayonning barcha hududlarida yilqichilik rivojlangan, respublikada boqiladigan yilqilarning 1G’3-i shu rayon hissasiga to’g’ri keladi. Qustanay, Shimoliy Qozog’iston va Aqmo’la oblastlarida cho’chqachilik rivojlangan.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin