Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə42/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

4-asosiy savol bayoni: Qozog’iston tabiiy va iqtisodiy geografik tafovutlarga ko’ra 5 ta iqtisodiy rayonlarga ajratiladi. Ular Shimoliy, Janubiy, G’arbiy, Sharqiy va Markaziy Qozog’iston rayonlaridir. G’arbiy Qozog’iston iqtisodiy rayoni–Markaziy oblastni o’z ichiga oladi. Bular Oqtepa, Atirau, G’arbiy Qozog’iston va Mang’istov oblastlari. Bu iqtisodiy rayon mamlakatning eng katta hududini egallaydi. Aholi soni bo’yicha esa uchinchi o’rinda turadi. Respublika hududining 27 % ni, aholisining esa 14 % ni tashkil etadi. Aholi zichligi eng past bo’lib, 1 km2 ga 2,9 kishi to’g’ri keladi (9-jadval).
Bu rayon respublikaning aholi siyrak joylashgan cho’lli rayon. Kaspiy bo’yi pasttekisliklari, Umumiy Sirt va Ural tog’larning janubiy qismini, Mang’istov yarim orolini, Ustyurt, Mug’ojar tog’i, Turon pasttekisligining shimoli–g’arbiy qismini egallagan. G’arbiy Qozog’iston respublika xo’jaligida alohida o’rin tutadigan neft–gaz qazib chiqaradigan va uni qayta ishlaydigan, shuningdek gaz, xrom, nikel, ferrosplav, mineral o’g’itlar va neft sanoati uchun asbob–uskunalar ishlab chiqaradigan rayon.
Rayon iqtisodiyotida qishloq xo’jalik tarmoqlaridan chorvachilik va dehqonchilik rivojlangan rivojlangan. G’arbiy Qozog’iston respublikadagi asosiy baliq ovlovchi va baliqni qayta ishlovchi markazdir.
Mamlakatning g’arbida joylashgan bu iqtisodiy rayon Rossiya Federatsiyasining Sharqiy Evropa tekisligi bilan Markaziy Osiyo cho’llari oralig’ida joylashgan. Shunday geografik sharoitga ega bo’lgan hudud iqlimi keskin kontinental va qo’rg’oq. Qishi sovuq, hududning katta qismini cho’l va chalacho’llar bo’lganligi uchun chuchuk suv tanqisligi sezilarli darajada. Usimliklari ancha siyrak.
9-jadval. Qozog’iston Respublikasi iqtisodiy rayonlari bo’yicha ma’lumot (2005y).




Maydoni

Aholi soni

Aholining
Markaziycha zichligi

Shahar va qishloq
aholisi nisbati

Ming km2

%

Mln kishi

%

Kishi km2

shahar

qishloq

G’arbiy Qozog’iston

736,1

27,0

2,1

14

2,9

58

42

Shimoliy Qozog’iston

565,7

20,8

3,6

24

6,3

58

42

Markaziy Qozog’iston

428,0

15,7

1,4

9

3,6

86

14

Sharqiy Qozog’iston

283,3

10,4

1,5

10

6,0

60

40

Janubiy Qozog’iston

711,8

26,1

6,5

43

9,3

51

49

Qozog’iston Respublikasi

2724,9

100

15,1

100

5,5

57

43

G’arbiy Qozog’istonda sanoat tarmoqlariga qarab har bir viloyatning o’ziga xos ixtisoslashuv yo’nalishlari mavjud. Masalan, Atirov, Mang’istov oblastlari baliq, neft, gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Aqto’be, G’arbiy Qozog’iston oblastlari nikel, xrom, ferrosplav, mineral o’g’itlar va gaz ishlab chiqarishga, shuningdek engil va oziq–ovqat sanoatiga ixtisoslashgan.


G’arbiy Qozog’iston xo’jaligining rivojlanishida Rossiya Federatsiyasi-ning Volga bo’yi va Ural iqtisodiy rayonlarining yaqin joylashganligi, shuningdek rayon hududida neft, gaz resurslarining mavjudligi o’z ta’sirini ko’rsatadi. Neft sanoatining rivojlanishi bilan, G’arbiy Qozog’istonda hududiy ishlab chiqarish kompleksi yaxshi rivojlanmoqda. Emba havzasi va Mang’istov yarim orolida neft va gazni qayta ishlash, Atirauda neftni qayta ishlash, polietilen ishlab chiqarishga, Yangi Uzen va Tengizda esa gazni qayta ishlash sanoati rivojlangan.
Aqtau shahrida neft, gaz va kimyo mahsulotlari asosida plastmassa ishlab chiqariladi. G’arbiy Qozog’istondagi xrom va nikel konlarining yirik zahirasi qora metallurgiya sanoatining markazi – Kampirsoy havzasi bor. Aqto’be shahrida ferrosplav zavodi xrom konlari xom ashyosi asosida ishlaydi.
Mashinasozlik sanoatiga Atiraudagi mashinasozlik zavodi, Aqto’be rentgen apparaturasi zavodi, Ural mexanik armatura, asbob, qurilish–montaj qurollarini ishlab chiqaradigan va kema ta’mirlash zavodi kiradi.
Kimyo sanoati neft va neft–kimyo sanoati asosida rivojlanmoqda. Yirik kimyo sanoatiga Atirau polietilen zavodi, Aqto’be kimyo kombinati kiradi. Aqto’be kimyo kombinati mahalliy fosforitlar va Kaspiy bo’yi tuzlaridan foydalanadi.
G’arbiy Qozog’iston ohaktosh, mergel, gips va boshqa qurilish material-lariga boy.
Oziq-ovqat sanoatida baliq qayta ishlash tarmog’i yaxshi rivojlangan. Bu iqtisodiy rayonda baliq zavodlari bilan birga, baliqni qayta ishlovchi birqancha korxonalar bor. Shularning eng yirigi Atirau baliq qayta ishlovchi kombinat. Undan tashqari Eraliev va Bautino shaharlarida joylashgan baliq-konserva zavodlari ishlamoqda. Shu bilan birga G’arbiy Qozog’iston va Aqto’beda un-krupa korxonalari bor.
Engil sanoatda teri-to’n, kigiz, poyabzal, tikuvchilik tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Ural shahrida kigiz fabrikasi joylashgan. “Klara Tsetkin” nomidagi tikuvchilik fabrikasi ham yirik hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida qoramolchilik tarmog’i etakchilik qiladi. Sababi, rayon hududining 92 %-ni yaylovlar va o’tloqlar egallagan. Bu rayonda mayin junli “Edilboy” va qorako’lchilik, shimoliy dala zonasida go’sht-sutga ixtisoslashtirilgan qoramolchilik rivojlangan. Shu bilan birga bu rayonda qadimdan yilqichilik va tuyachilik bilan shug’ullanib kelingan.
Dehqonchilikda yangi erlarning o’zlashtirilishi tufayli, haydaladigan erlarning maydoni 3,8 mln-ga etkazildi. Bu rayonda bo’g’doy, tariq, ko’zgi qora bug’doy, qand lavlagi, kungaboqar etishtiriladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin