Mikromuhit - shaxsning shakllanishi va kundalik hayoti kechayotgan bevosita shart-sharoitlar hisoblanadi. Unga oila, mehribonlik uylari, o‘quv, mehnat jamoalari singarilar kiradi. Shaxsning shakllanishi va faoliyati mana shu bevosita sharoit ta’sirida kechadi va ko‘p jihatdan ularning yo‘nalishi, darajasi hamda boshqa sifatlari shu muhit bilan belgilanadi. Jumladan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning kamolotiga ta’sir etuvchi omidlarning majmuini umumiy ko‘rinishda ijtimoiy omillar jarayoni deb oladigan bo‘lsadak, mikromuhit ana shu jarayon kechadigan kichik bir uyushma hisoblanadi. Shuningdek, shaxs mikromuhitda faoliyat olib borar ekan, uning bu faoliyati tufayli mikromuhit ham o‘zgarib boradi.
Mezomuhit - inson va u yashayotgan mikromuhitdagi hayoti hamda faoliyatida yuz beradigan ijtimoiy-iqdisodiy, moddiy va ma’naviy tizimlar mezomuhitni tashkil qiladi. Mikromuhit mana shu tizimlar tavsirida shakllanadi va uning ta’sirida mezomuhit ham o‘zgaradi. Falsafada, hozirgi kungacha amal qilayotgan an’anaga ko‘ra, ijtimoiy muhitni mikro va mezomuhitga bo‘lish jamiyatning tarkibiy tizimini o‘rganish uchun yetarli emas. Mikromuhit yoki mikromuhitlar mezomuhit tarkibiga bevosita emas, balki oraliq tizimlar vositasida birikadi. Masalan, oila mikromuhit sifatida bevosita jamiyatga emas, avvalo, mahalla, xalq, elat, millat, mamlakat tarkibiga kiradi va so‘ngra ular jamiyatning muhim bo‘lagiga aylanadi
Makromuhit - inson o‘zi yashab faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyat va uni o‘rab turgan dunyoning ijtimoiy jarayonlaridir. Makrodunyo - xalqlar ma’naviyatini, millatlar madaniyatini ularning o‘zaro ijtimoiy aloqalari orqali ifoda etuvchi bir qobiq. Makromuhitga davlat siyosati darajasida Yer sharida mavjud boshqa davlatlarda yuz berayotgan barcha voqea va hodisalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati kiradi. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasida keyingi yillarda eng dolzarb muammolardan biri deb qayd etilgan – narkomaniya va narkobiznes xavfi, terrorizm balosi ularning yo‘nalishini, (shaxslararo) psixologik munosabatlarni ifodalovchi jamiyatning psixoijtimoiy infra tuzilmasidir.
Beruniyning bilish to‘g‘risidagi ta’limoti uning durdona asarlarini tadqiq etuvchilar e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Uning fikricha, bolani bilimi soddadan murakkabga qarab boradi, bu yoshlikdan (10-12 yoshlar) boshlanadi. Bu bilan alloma kishilardagi tug‘ma qobiliyatni, tug‘ma iste’dodni nazarda tutgan. Shuningdek, olim ta’lim-tarbiyada irsiyat, ya’ni ota-onadan o‘tadigan biologik «meros»ga alohida e’tibor bergan.
Beruniy ilk yoshidagi noyob qobiliyatlarni miya asab tuzilishi xususiyatlari bilan belgilaydi. Lekin bunday alomatlar kishilar mashhur shaxs bo‘ladi, degan ma’noni bermaydi. Hamma narsani keyinchalik olib boriladigan ta’lim-tarbiya hal qiladi. Yaxshi me’yorli ta’lim-tarbiya natijasida ba’zi hollarda qobiliyatli bolalar o‘sib ulg‘ayib u yoki bu sohada iste’dodli kishilar bo‘lib etishadilar
Aziziddin Nasafiy ibn Muhammmad haqida ma’lumotlar bizgacha kamroq etib kelgan. «Bilgilki komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo‘lgan odamlarga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: Bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to‘rt narsa kamolotga etgan bo‘lsin: yaxshi fe’l, yaxshi so‘z, yaxshi axloq va maorif». Nasafiy keltirgan ushbu tarifdan komil inson bo‘lish har tomonlama rivojlangan va unda to‘rt narsa kamolotga etgan bo‘lishini ta’kidlab, yaxshi xulk, yaxshi xarakterga ega bo‘lishi, nutqi ravon, madaniyatli va ilm-fanda ilm cho‘qqilarini yaxshi egallagan bo‘lishi kerakligini uqtiradi.
A.Nasafiy inson kamolotining belgisi sifatida ikki narsani asos qilib ko‘rsatadi: birinchisi, axloq, ikkinchisi, o‘z-o‘zini anglash. Shu sifatlarni hisobga olib, Nasafiy nazarida, inson hamma axloqiy sifatlar bilan bezangan va o‘z-o‘zini anglash, ya’ni menligini bilish inson kamolotining belgisi sifatida: «Binobarin, insonning kamolotga erishishi hamda axloqqa ega bo‘lishi va o‘z-o‘zini anglash bilan amalga oshadi», - degan xulosaga keladi.
Beruniy ochko‘zlikka hirs va g‘azab ustidan g‘alaba qozonsa, yovuzlikdan xalos bo‘lishini aytsa, Sino hayvoniy nafsni aql orqali mahv etish kerakligini uqtiradi. Mavlono Rumiy esa «Fixi mo fixiy» asarida orzu va havasni g‘aflatda qolmasdan ularni boshqara bilmoq lozim, deb yozadi. Buyuk mashoyix Bahovuddin Naqshband «O‘z nafsining yomonligini tanish - o‘zligini tanishdir» deb xulosa qilganda ham ixtiyor erkinligini boshqarish va iroda erkinligiga tayanishni nazarda tutgan. Rumiy hazratlari ham shu g‘oya asosida inson o‘z-o‘zini takomillashtiradi degan.