XIV-XV asrlarda Movarounnaнr va Xurosonda ilm-fanning ko`p soнalarida yuksalish yuz berdi. Jaнonga mashнur olimlar tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, xandasa, tarix, adabiyot, jug`rofiya, pedogogaka, mantiq, falsafa, axloqshunoslik va boshqalarga e`tibor berildi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda o`sha davrning muнim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik g`oyalari olga surildi.
«Gul va Navro`z» muallifi Lutfiy (1366-1465), «Beнro`z va Baнrom» asarini yozgan Binoiy (1453-1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar xaqida tazkira) ning muallifi Davlatshoн Samarqandiy, «Yusuf va Zulayнo», «Maнzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV-XV asrlar), Нaydar Xorazmiy нamda Kamol Xo`jandiy (1402 yilda vafot etgan), Нofiz Xorazmiy (XIV-XV asrlar), Ismat Buxoriy (1365-1436), Yaqiniy (XV asr), Нiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) va boshqalar o`sha davrda yashab ijod etdilar.
2. Jaxon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo`shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muxammad Tarag`ay Ulug`bek (1394-1449) matematika va falakiyot soнasida barkamol ijod qilgan. Uning otasi, Amir Temurning o`g`li Shoxrux Mirzo edi. Ulug`bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. unga taniqli olimlar Qozizoda Rumiy va G`iyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U garchi davlat arbobi bulsa xam, madaniyat va ilm-fan ravnakiga kup kuchini sarfladi, matematika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa soxalarda ilmiy tadkikotlar olib bordi. Olimning dunyokarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muxammad Xorazmiy, al Fargoniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning asarlari muxim urin egalladi.
Ulug`bek va Shoxrux davrida madrasalar safi kengayadi. Ulug`bek uchun madrasa avvalo bilim maskanidir.Uning topshirig`iga ko`ra, Buxoroda (1417), Samarqandda (1420) va G`ijduvonda (1433) madrasalar qurildi.Bular ruhoniylar tayyorlaydigan shunchaki bir muassasa emas, balki o`quv yurti, o`ziga xos dorilfunun edi.
Manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, Ulug`bek buyuk mutafakkirlardan Ahmad Farg`oniy, Forobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o`rganadi. Ularning asarlari orqali qadimgi Yunon olimlari: Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel), Gipparx (Gippokrat), Ptolomeylarning klassik asarlari bilan xam tanishadi. Ulug`bek Movarounnaxr shaxarlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma`rifat dargoxiga aylantirishga intiladi.
Uning farmoni bilan