Markaziy Osiyoda Temur va temuriylar davrida



Yüklə 81 Kb.
səhifə8/9
tarix16.12.2023
ölçüsü81 Kb.
#182973
1   2   3   4   5   6   7   8   9
AMIR TEMUR FAN

3. Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo`shgan siymolardan biri, ulug` o`zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alnsher Navoiydir (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taalluqli bo`lib, otasi G`iyosiddin kichkina Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472 yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Shoir mamlakat obodonchiligi, ravnaki va osoyishtaligi yo`lida ko`p ishlar kildi. Maktab, Madrasa, masjid va xonaqohlar, ko`prik, rabotlar, shifoxonalar kurdirdi, muhtoj va kambag`allarga yordam berdi, olimu shoirlarga homiylik qildi.
Navoiy ijodi boy bo`lib, asarlari turli mavzularga bag`ishlangan. «Xamsa» ya`ni «Xayratul abror», «Farhod va Shi­rin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut — tayr», «Majolisun nafo-is», «Mahbubul qulub», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug`atayn» va boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Xazoyinul maoniy» («Ma`nolar xazinasi») nomli she`riy to`plam yaratgan bo`lib, u 45 ming misraga yaqin g`azal, ruboiy, qita va fardlardan tashkil topgan.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo`lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta`lim-tarbiya hakidagi fikr-uylari o`z ifodasini toptan.
4. Temur avlodidan bulgan Zaxiriddin Muxammad Bobur (1483-1530) o`sha davrning eng ma`rifatli podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug`ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko`tarildi.
Ichki kelishmovchiliklar natijasida o`z yurtini tashlab ketishga majbur bo`lgan Bobur avval Kobulda, so`ngra esa 1526 yilgi Panipat jangida ibroxim Ludi ustidan g`alaba qozonib, Hindistonda o`z hukmronligini o`rnatdi. «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300 yildan orgiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashhur bo`ldi.
Boburshox xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o`rnatdi, obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me`moriy yodgorliklar, bog`lar, kutubxonalar barpo qildi, ma­daniyat, san`at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san`atga katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga ega bo`lgan davlat arbobi, olim va shoirdir.
Boburiylarning ko`pchiligi ma`rifatchilik bilan mashg`ul bo`ldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar-Ularning yana bir xizmati islom va budda diniga e`tiqod qiluvchi musulmon va hindularni yuksliishtirishga, axil yashgashga chaqirishda bo`di..

Yüklə 81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin