Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq
talabning
mavjudligini
harakterlaydi, ya'ni bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi
taklifning darajasi va tarkibi to’la mos keladi. Bunday marketing turining vazifasi
bo’lib, odatda, to’laqonli talab sharoitida uning darajasini iste'molchilarning istaklari
tizimi va raqobatning kuchayishini hisobga olgan holda saqlab turish hisoblanadi.
Bu yerda marketolog birinchi navbatda savodli narx siyosatini o’tkazishi, sotishning
zaruriy hajmini saqlab turishi, sotish faoliyatini rag’batlantirish va o’zgaruvchan
xarajatlar ustidan nazoratni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator taktik
tadbirlarga e'tibor berishi kerak. To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral
motors" kompaniyasining faoliyati bilan bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya
"Ford" kompaniyasini orqada qoldirishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu kompaniya o’rta
amerikalik uchun narxlari past bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T" ford
modeliga o’zining zamonaviy, keng rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil
modelini qarama-qarshi qo’ydi.
Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga
bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. Uning vazifasi bo’lib
salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni yo’qotish maqsadida talabni
vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish usullarini topish hisoblanadi. Haddan tashqari
talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini oshirish, reklama kompaniyasini
va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali hal qilinishi mumkin.
Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan
yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar
(sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab
mavjud bo’lganda amal qiladi. Agar demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni
qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa, qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing tovarni
zararli, yomon qilib ko’rsatadi. Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni
iste'mol qilishdan voz kechishlariga undash eng maqsadga muvofiq bo’lib
hisoblanadi. Bunda marketingning narx qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish,
bu tovarlarga hammaga yo’l ochiqligini cheklash bo’lishi mumkin.