Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to’rtta
maqsadi
keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:
1. Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish.
2. Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.
3. Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat
yaratish.
4. Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.
Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish. Ko’pchilik
rahbarlar marketingning maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o’sishi va
korxonaning boyishida asosiy omil yuqori iste'molga erishishni rag’batlantirishda
deb biladilar. Bu fikrni boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko’p
sotib olsa va
qancha ko’p iste'mol qilishsa, shuncha baxtli bo’ladilar degan ma'noni anglatadi.
Lekin, ba'zi bir kishilar moddiy boyliklar masalasining
ortishi katta baxtga
erishishdan dalolatdir degan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, marketingning
maqsadi faqat mumkin bo’lgan maksimal iste'molga erishishdangina iborat emas
ekan.
Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu nuqtai
nazarga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin bo’lgan maksimal
yuqori iste'molga
erishish emas, balki iste'molchilarning talabini maksimal
qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar massasi iste'moli ko’p bo’lsada, u biron-bir
ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin.
Ularning ahamiyatliligi, tovar massasining
ko’pligi
bilan emas, balki bu tovar massalarining qanchalik darajada
iste'molchilarning
talabini
qondira
olishi
bilan o’lchanadi. Afsuski,
iste'molchilarning talabining qondirilish darajasini o’rganish
to hozirgi kungacha
muammoligicha qolmoqda.
Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat
yaratish. Ba'zi bir bozor mutaxassislari marketing
tizimining asosiy maqsadi
tovarlar xilma-xilligini maksimal ta'minlash va iste'molchilarning keng
assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir deb
hisoblaydilar. Tizimning maqsadi iste'molchining talabiga to’liq
mos keladigan
tovarni topishiga yordam berishdan iborat bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: