Tijorat harakatlarini jadallashtirish konsepsiyasi sotish va sotilishlarni
rag’batlantirish sohasida etarli harakatlarni amalga oshirmasa, iste'molchilar
firmaning tovarlarini kerakli miqdorda sotib olmaydilar, deb hisoblaydi. Firmaning
asosiy maqsadi - sotilishlar hajmining o’sishi hisobiga foyda olish. E'tiborining
asosiy maqsadi - sotish va xizmat ko’rsatish texnologiyasi va sotishni
rag’batlantirish bo’yicha tijorat jarayonlarini jadallashtirish.
Vaqt o’tishi bilan marketing mohiyati tovar va narx siyosati, taqsimlash,
siljitish va sotish jarayonlarining majmui sifatida tobora ko’proq tushunilib boryapti.
"Marketing aralashmasi" deb tarjima qilingan maxsus "marketing-miks" atamasi
kiritilyapti. Keyingi umumiy marketing konsepsiyasi marketing-miks konsepsiyasiga aylanadi, asosiy e'tibor iste'molchilar ehtiyojlariga va ularning
samarali qondirilishiga qaratiladi. Endi yakuniy natijaga erishish, ya'ni foyda olish,
tovar va boshqa bir qator omillar va marketing harakatlari vositasida (marketing-
miks) iste'molchilar ehtiyojlarini qondirishga uzviy bog’lanib qoldi.
Marketing rivojlanishining uchinchi eng sifatli bosqichi taxminan 80-
yillarning o’rtalarida boshlandi va hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Bu yerda
strategik, ijtimoiy yo’naltirilgan, individual marketing, marketing munosabatlari,
katta ijtimoiy guruhlar marketingi - mezo - va mega-marketinglar konsepsiyalari
hukmronlik qiladi. Iste'molchilar dunyoning yagona markazi bo’lmay qoladi. Bunda
uchta omilning muvozanati vujudga keladi: firmaning foydasi, xaridorlarning
ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari.
Strategik marketing konsepsiyasi asosida iste'molchilar va raqobatchilarga
yo’naltirilganlik yotadi. Strategik marketing mazmuni iste'molchilar ehtiyojlarini
qondirish va bir vaqtning o’zida yaxshiroq iste'mol xususiyatlariga ega bo’lgan
tovarni yaratish yoki pastroq narx qo’yish orqali raqobatchilarga nisbatan ustunlikka
erishishdan
iborat.
Raqobatchilarga
yo’naltirilganlik
iste'molchilarga
yo’naltirilganlikka zid bo’lmaydi. Aksincha, uni kuchaytiradi, chunki korxonalar
shunday sharoitga qo’yilganki, bozor ehtiyojlarini qondirish ishlab chiqarish,
xarajatlar va boshqa sohalardagi hamma yutuqlarni maksimal hisobga olishni talab
qiladi.
Hozirgi vaqtda jamiyat tomonidan hal etilayotgan yirik iqtisodiy, xom
ashyoviy, energetik va boshqa muammolar jamiyat ehtiyojlarini va iqtisodiy
resurslarga
yo’naltirilganlikni
kuchaytirib,
marketingning
iste'molchilik
konsepsiyasini ancha o’zgartirib yubordi.