mustasno.
Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining
barchasidan bir vaqtda
foydalanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste'molchidan sanoat
korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot
oqimini ta'minlaydi. Bu esa o’z vaqtida ishlab chiqarishda,
tovar assortimentiga,
sotish shartlariga, xizmat ko’rsatish sohasiga o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi.
Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil qilish
to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to’liq hal
qilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas. Marketingni qo’llashdan
oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini
hisobga olish lozim.
Chunki marketing - murakkab, harakat va sabr-toqat talab
qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining etarli
darajada yuqori bo’lgan ehtiyoji va talabiga,
uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi
tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak. Bozor
harakatining katta radiusini ta'minlash uchun tovar assortimentini tez o’zgartirish,
uni ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi lozim.
Bularning
barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari,
marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish
va rejalashtirish
tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darajada
jiqozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni
hal qilish zarur.
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va shu bilan
birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va
undan samarali foydalanishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: