Marketingning umumiy funksiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin:
analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat.
Analitik funksiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini
o’rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish funksiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish,
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va
tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta'minlaydi.
Sotish funksiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar
va narx siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi.
Boshqarish va nazorat funksiyasi strategik va operativ rejalashtirish,
marketingni boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar
tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan
jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning
boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda
marketingning
asosiy,
birlamchi
tamoyili
muayyan
iste'molchilarning
muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat
qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal
qila olishiga bog’liq. Bu yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi
va rivojlantiriladi:
• iste'molchiga yo’naltirilganlik;
• talabni prognozlash va shakllantirish;
• qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi;
• qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni
boshqarish;
• istiqbolga yo’naltirilganlik;
• dasturli maqsadli yondashuv.
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini
ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin,
lekin asosiy tamoyil - to’liq iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi.
Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo’lishi va
shakllanishini belgilab beradi.