Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770-1831) – axloqni umumiylik tushunchasi Ruh falsafasidan keltirib chiqarishga urinadi. «Huquq falsafasi» asarida umumiy ruh kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘lishini tahlil etadi. Uning eng quyi pog‘onasi mavhum huquq bo‘lsa, eng yuqori pog‘onasi axloqdir. Axloqni shaxsning xususiy ishi emas, balki hamma uchun umumiy qonun bo‘lmog‘ kerak deb hisoblaydi.
Gedonizm'>Gegel
Hegel
Gedonizm (yunon. hedone – huzur–halovat, rohatlanish) –inson xatti-harakatlarining asosiy motivi va maqsadini, shuningdek hayotining ma’nosini huzurlanish, lazzatlanish tashkil etishi haqidagi axloqiy tamoyil. Unga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan qutqazuvchi kuch yaxshilik sifatida, azob–uqubat keltiruvchi kuchni esa yomonlik sifatida ta’riflanadi.
Gedonizm
Hedonism
Genezis'>Geliotsentrizm (yunon. helios – Quyosh) – Quyosh sistemasining markazida Quyosh joylashganligi haqidagi tasavvur, ta’limot.
Geliotsentrizm
heliocentrism
Genezis (yunon. genesis – kelib chiqish, paydo bo‘lish) – muayyan narsa yoki hodisaning kelib chiqishi va rivojlanishi.
Genezis
Genesis
Germenevtika (yunon. hermeneutikos – tushuntirish, talqin etish) – ilgari matnlarni tushuntirish metodi, keyinchalik –«tushunish» kategoriyasini ta’limotining markaziga qo‘ygan zamonaviy falsafiy yo‘nalish, shuningdek ijtimoiy fanlarda bilish metodlaridan biri.