Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/64
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#41067
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
geografiyaning asosiy muammolari

Hududiy mehnat taqsimotining turli darajalari, bosqichlari mavjud. Ularni ikki 

yirik guruhga ajratish mumkin: jahon miqyosidagi hamda davlatlarning ichki mehnat 

taqsimoti. O’z navbatida, ular ham bir necha bosqichlarga bo’linadi, Masalan, 


 

10 


birinchi guruxda (1) jahon mamlakatlari va xalqaro, ya’ni alohida mamlakatlararo 

mehnat taqsimoti ajratiladi. Barcha mamlakatlar orasidagi iqtisodiy munosibatlar 

jahon xo’jaliktizimi va bozorini vujudga keltiradi, alohida mamlakatlarning iqtisodiy 

integratsiya jarayonlari esa yirik mintaqalar iqtisodiy hamkorligi va bozorlarni 

shakllantiradi.

3 

Chunonchi, 1957 yilda  tashkil qilingan Umumiy bozor—hozirgi kunda 

o’zining tarkibini muntazam ko’paytirib borayotgan, 27 ga yaqin mamlakatni 

birlashtiruvchi Yevropa Ittifoqi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shuningdek, 

dastavval 1967 yilda asos solingan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining hududiy 

uyushmasi (ASEAN, hozir u 10 davlatni birlashtiradi) yoki 1989 yilda ta’sis etilgan 

Osiyo-Tinch okean iqtisodiy hamkorligi, SHimoliy Amerika erkin savdo uyushmasi 

(NAFTA) ham shular jumlasidandir. Xuddi shunday, hududiy-iqtisodiy ittifoq 

kelajakda Mustaqil davlatlar hamdo’stligi doirasidaham shakllapishi mumkin. 

Davlat ichidagi (2) mehnat taqsimoti quyidagi bosqichlardan  tashqi topadi: 

2.1. Yirik iqtisodiy rayonlararo mehnat taqsimoti;   

2.2.Viloyat va boshqa turdagi ma’muriy-hududiy birliklar o’rtasidagi mehnat  

taqsimoti; 

2.3. Viloyat ichidagi mehnat taqsimoti . 

2.4. Mahalliy mehnat taqsimoti. 

Bu darajadagi hududiy mehnat taqsimotining tarkibiy  tuzilishi mamlakatlar 

maydonining katta-kichikligi  ijtimoiy-siyosiy vaziyatga ham bog’liq. Jumladan, 

sobiq Ittifoq va jahon sotsialistik tizimiiing barham topishi hududiy mehnat 

taqsimotining barcha bosqichlariga o’z tasirini ko’rsatdi,sotsialistik mamlakatlar 

o’rtasidagi iqtisodiy munosibatlar (o’zaro iqtisodiy  yordam  kengashi), Umumittifoq 

mehnat taqsimoti yo’qoldi. 

Siyosiy tizimning tubdan o’zgarishi,  tashqiotni  tashqi etish va boshqarishda 

markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlik, sotsialistik rejalashtirish tizimidan ochiq va 

erkin bozor munosabatlariga o’tish o’ziga xos, muvaqqat muammolarni yuzaga 

keltirdi. Masalan, sobiq ittifoqdosh respublikalar o’rtasidagi (gorizongal) iqtisodiy 

aloqalarning buzilishi oqibatida barcha respublikalar-yangi mustaqil davlatlar ayrim 

qiyinchiliklarga duch keldi. Ayniqsa, bu muammo yuqori darajada rivojlangan, 

sanoatlashgan respublikalarda keskin tus oldi, chunki mazkur hududlardagi sanoat, 

asosan og’ir sanoat tarmoqlari ko’p jihatdan tashqi omillarga, mamlakatlararo 

iqtisodiy  integratsiyaga  bog’liq  bo’lgan.  Qisman  bunday qiyinchiliklarni 

O’zbekistondagi yirik sanoat markazlarida ham ko’rish mumkin. Ma’lumki, hozircha 

Toshkentdagi yirik mashinasozlik korxonalari, CHirchiq, Angren sanoatining 

rivojlanish holati uncha yaxshi emas. 

 Hududiy mehmat taqsimoti qaysi bir ma’noda o’ziga xos iqtisodiy geografik 



jarayon  sanaladi; uning natijasida yangi yerlar o’zlashtiriladi, yangi xo’jalik 

tarmoqlari shakllanadi,  tashqiotning tarmoqlar va hududiy tarkibida o’zgarishlar yuz 

beradi, shahar va iqtisodiy rayonlar, o’sish kutb va markazlari vujudga keladi. Aynan 

shuning  uchun  ham  hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy geografiya fanining 

                                         

3

 



Hagget ‘. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.

 



 

11 


fundamental  tushunchasi  hisoblanadi.  CHunki,  bu  fanning  qolgan  barcha 

tushunchalari bevosita yoki bilvosita hududiy mehnat taqsimotidan kelib chiqadi. 

 Xulosa qilib aytganda, hududiy mehnat taqsimotining quyidagi jihat yoki 

xususiyatlarini ko’rsatish mumkin: 

- hududiy  mehnat taqsimoti    tashqi  geografiya  fanining 

asosiy tushunchasi; 

- uning shaklanishi va rivojlantirish mamlakat yoki rayonlar 

etukligini belgilovchi ko’rsatkich; 

- hududiy mehnat taqsimoti rivojlantirishda tabiiy sharoitning turli tumanligi, 

tabiiy resurslarning hududiy birikmalari katta ahamiyatga ega; 

-    hudududiy    mehnat    taqsimoti    muayyan    hududda    muayyan 

  mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi; 

-   hududiy   mehnat   taqsimotida   ixtisoslashuv   asosiy   omil hisoblanadi   va   

u,   albatta,   ichki   va   tashqi   bozorda   tovar almashinuvini nazarda tutadi; 

- hududiy mehnat taqsimoti rivojlantirishda transportning o’rni katta va bu 

bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni ham amalga     oshiradi; 

-    hududiy     mehnat     taqsimoti     milliy     va     mintaqaviy  iqtisodiotning 

diversifikatsiyalashuviga olib keladi; 

-     hududiy       mehnat      taqsimoti       tashqi      rayonlar shakllanishining 

moddiy negizi sanaladi va h.k. 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin