Ma’ruza №1 Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari reja



Yüklə 116,4 Kb.
səhifə49/52
tarix21.10.2023
ölçüsü116,4 Kb.
#159206
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
JMN maruza matni 2-kurs

So‘zdan foydalanish uslublari
O‘qituvchi so‘z yordami bilan konstruktiv, tashkilotchilik va faoliyatning boshqa tomonlarini amalga oshiradi. SHuningdek, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatadi, ular bilan aloqa qiladi. So‘z ta’limning barcha jarayonini faollashtiradi, chunki u ko‘proq to‘la va yaqqol tasavvurni shakllantirishga ko‘maklashadi, ta’lim vazifasini faol idrok etishga, chuqur tushunishga yordam beradi.
So‘z yordami bilan o‘qituvchi o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini tahlil qiladi va, shu bilan birga, o‘zini o‘zi baholashning rivojlanishiga ko‘maklashadi.
SHunday qilib, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi so‘zning ikkita vazifasidan foydalanish imkoniyatiga ega. Ma’lumki, uning yordami bilan o‘qitiladigan materialning ma’nosi ifodalanadi. O‘qituvchining nutqi o‘quvchining kayfiyatiga hissiy ta’sir o‘tkazishi uchun nisbatan aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu quyidagi uslubiy tavsiyalarda aniq ifodalanadi.
1. So‘zning mazmuni ta’lim vazifalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Masalan, yangi mashqni o‘rgatish dastlab tushuntirishdan, so‘ngra esa detallarni tasvirlashdan iborat bo‘lishi mumkin.
2. So‘zdan foydalanib, o‘rganilanayotgan harakatning samaradorligini ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan: bolalar erkin usul bilan arqonga tirmashib chiqishni nisbatan dadil egallasalar-da, murakkab koordinatsiyali harakatlarni qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Biroq o‘rganilanadigan uslubning ustunligi ishonchli qilib tushuntirib berilsa, unga bo‘lgan salbiy munosabatni o‘zgartira oladi.
3. So‘z faoliyatdagi ayrim harakatlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni aniqlashga yordam berishi kerak. Ayniqsa, yakunlovchi mashqlar bajarilayotgan vaqtda buni unutmaslik muhimdir. Ularda hissiy ko‘tarinkilik kamroq va shuning uchun ularning asosiy harakatlar bilan aloqasini yaqqol tushunish talab qilinadi.
4. So‘z uslubi asosiy kuchlarni ishlatish paytida, jismoniy mashqning texnik asoslarini o‘quvchilarga tushuntirishda katta rol o‘ynaydi. SHu maqsadda tez-tez alohida so‘zlarni (“qo‘llar!”, “bosh!” va boshqalar) yo‘l-yo‘riq shaklida aytib turishdan foydalaniladi.
5. So‘z obrazli bo‘lishi kerak. Bu uning ko‘rgazmaliligini oshiradi va o‘quvchilar uchun ko‘proq tushunarli bo‘ladi. O‘quvchilarning harakatlantiruvchi tajribasi va bilimini hisobga olib, o‘qituvchi qo‘yilgan vazifalarning bajarilishiga bog‘liq bo‘lgan holatlarga e’tiborini to‘play oladi.
6. O‘quvchilarga harakatlarni avtomatik bajarish to‘g‘risida gapirish maqsadga muvofiq emas (to‘g‘rilash talab qilinadiganlaridan tashqari).
So‘zning ma’no jihatidan vazifasi. Jismoniy tarbiyada muammoni to‘g‘ri echish asosida atamalar yotadi. Atamalar predmetlarga va hodisalarga oid og‘zaki tushunchalarni belgilab beradi. Bu o‘quvchilarning o‘zlariga tanish tushunchani farqlashiga, o‘qituvchining esa umum qabul qilingan so‘zlar – atamalar bilan tushuntirishiga imkon beradi. Natijada qisqa, ammo ma’no ko‘lami keng so‘zlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro tushunish vujudga keladi.
So‘zning hissiy vazifasi. So‘z o‘quv va tarbiya vazifalarini hal qilishga ko‘maklashadi. Hissiyot bilan aytilganda, so‘zlarning ahamiyati kuchayadi, bu ularning ma’nosini tushunishga yordam beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning predmetni o‘rganishiga munosabatini shu orqali ko‘rsatadi. Ularning sog‘lom bo‘lishga qiziqishini, dadilligini, qiyinchiliklarni bartaraf etish istagini rag‘batlantiradi. Hissiylikka mazmunning aniqligi, jumlalarning mantiqiy va grammatik nuqtai nazardan to‘g‘ri qurilishi, obrazliligi, yaqqolligi, talaffuz, imitatsiyalar, imo-ishoralar bilan erishiladi.
So‘zdan foydalanishning qariyb barcha xilma-xil uslublari umumpedagogikaga taalluqlidir.
So‘zlab berish – bayon qilishning xikoya shakli. Ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘yin faoliyatini tashkil qilish vaqtida qo‘llaniladi.
Tasvirlash – bolada harakatlar to‘g‘risida tasavvur hosil qilish usuli. Tasvirlash vaqtida harakatning o‘ziga xos belgilari ro‘yxati beriladi. Nima qilish kerakligi, nima uchun shunday qilish kerakligi aytiladi, ammo ko‘rsatilmaydi. Undan dastlabki tasavvur vujudga keltirish vaqtida yoki nisbatan oddiy harakatlarni o‘rganish vaqtida foydalaniladi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilim va tajribalaridan foydalanishlari mumkin.
Tushuntirish. Harakatlarga ongli munosabatni rivojlantirishning muhim usuli, chunki u asosiy “nima uchun?” degan savolga javob berishga, texnika asosini ochishga qaratilgan.
Suhbat. Bir tomondan o‘z fikrini bayon qilishga, ko‘nikmani mustahkamlashga, faollikni oshirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan o‘qituvchiga muayyan ishni baholash, o‘quvchilarni bilishda yordamlashadi. Suhbat o‘qituvchining savollari va o‘quvchining javoblari ko‘rinishida yoki qarashlarni erkin aniqlash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Tahlil qilish suhbatdan shu bilan farq qiladiki, u biror-bir topshiriq (masalan, o‘yinlar) bajarilganidan keyin o‘tkaziladi. Tahlil bir tomonlama bo‘lishi mumkin, uni faqat o‘qituvchi o‘tkazadi, ikki tomonlama tahlilda o‘quvchilar ishtirok etadilar, u suhbat ko‘rinishida bo‘ladi. Ikkinchi shakli ilmiy va tarbiyaviy vazifalarni ko‘proq samarali echishga imkon beradi.
Topshiriq. Dars oldidan darsning borishi bo‘yicha shaxsiy vazifalar qo‘yishni nazarda tutadi.
Baholash. Harakatning bajarilishi tahlili natijasidir. Baholash mezoni o‘quv jarayonining vazifalariga bog‘liq. SHuning uchun bu bir necha turga ega.
1. O‘quvchini boshqa o‘quvchining mashq texnikasini bajara olishi bilan taqqoslash orqali baholash. Bu o‘quvchining muntazam mashg‘ulotlarga qiziqishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
2. Mashq bajarilishining standart texnikasiga qiyoslash yo‘li bilan baholash, bu ta’limning boshlang‘ich bosqichida – hali o‘quvchilarning namunaga taqlid qilish qobiliyati imkoniyatlari chegaralangan vaqtda qo‘llaniladi.
3. Harakatning regulyativligini aniqlash yo‘li bilan baholash, odatdagidek, didaktik barqarorlikning eng ko‘p qismini egallaydi. U o‘quvchini mashq bajarishida erishilgan natijalari bilan mashq texnikasini taqqoslashga va uni individuallashtirish usullarini qidirishga majbur qiladi. Biroq bunday baholash faqat jismoniy tarbiyaning samaradorligiga texnik jihatdan bajarilish holini tushunadigan va o‘zining harakatini tanqidiy baholay oladigan, yaxshi tayyorlangan o‘quvchilar uchun yaroqlidir. Baholash mezoni o‘qituvchining ma’qullashi yoki ma’qullamasligini aks ettiruvchi “yaxshi”, “to‘g‘ri”, “shunday”, “yomon”, “noto‘g‘ri”, “unday emas”, “oyoqlar yuqoriroq”, “bukilmasin”, “qo‘llar bukilmasin” va h.k. kabi xilma-xil turdagi tanbehlarda ifodalanadi.
O‘qituvchi shunga o‘xshash qisqa-qisqa tanbehlarini asoslashi kerak.
Buyruq – o‘ziga xos va jismoniy tarbiyada so‘zdan foydalanishning eng ko‘p tarqalgan uslubidir. U harakatning darhol bajarilishiga, uning tugallanishiga, yoki harakatlar bajariladigan tezlik darajasining o‘zgarishiga tegishli bo‘lishi mumkin va h.k.



Yüklə 116,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin