MA’RUZA №10 10-Mavzu: Jismoniy madaniyat ta’1imi va tarbiyasi jarayonining metodlari. Reja: Tushuncha va atamalar.
Ta’limning uslubga qo‘yadigan umumiy talabi.
Ta’lim uslublarining turkumlari So‘zdan foydalanish uslublari.
Idrok qilishning ko‘rgazmali uslublari.
Harakatni ko‘rsatish.
Ko‘rgazmali o‘quv qurollari namoyishi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar: 1. Ta’lim uslublariga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Uslublar qanday turkumlarga bo‘linadi?
3. Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan didaktik uslublardan qaysilarini bilasiz?
Jismoniy tarbiyaning o‘qitish predmeti sifatidagi maxsus bilim vaharakat faoliyatlari o‘qituvchidan o‘qitishga xos maolum usullar va usuliyatlarni bilishni talab etadi. Ta’lim (o‘qitish)ning usuliyatlari ko‘p bo‘lishiga qaramay ularninghech biri universal emas. Ta’lim usuliyatlarining tavsifini bilish bu uslublar tarkibidan qulayini tanlab olishga, o‘qitish vazifalarinihal qilish uchun nisbatan samaralilarini ajra-tib olishga imkon beradi.
O‘qitish jarayonining turli sharoitda, turli xildagi shu-g‘ullanuvchilar bilan keng doiradagi vazifalarnihal etish imkoniyatini beradigan va tarbiyachi yoki murabbiy qo‘llaydigan faoliyatni usuliyat deb atash qabul qilingan bo‘ladi. Masalan: ko‘rgazmalilik bilanharakat faoliyatlari bilan tanishtirish, ularni turli yoshdagi o‘quvchilar, kattalarda takomillashtirish-dek turli xildagi taolim vazifalarini osonhal qilishda foydalanish mumkin.
Usul – bu pedagogning shunday taosir faoliyatiki, o‘qitishning qandaydir maolum bir sharoitida taolimning xususiy vazifalarini (yoki o‘sha vazifalarni biror qismini) osonhal etish uchun qo‘llaniladi. Masalan: mashqni o‘quvchiga yonlamasiga-o‘zi yon tomoni bilan turib ko‘rsatishi o‘quvchiga to‘g‘ri turib ko‘rsatgandan yaxshiroq samara beradi. Tushuncha osonhal bo‘ladi.
Har bir metodning turli xil metodik usullari bo‘lishi mumkin. Ular son-sanoqsiz darajada ko‘p bo‘lib, maolum vaqt mobaynida ayrimlari yo‘q bo‘lib ketsa, ayrimlarining ko‘ri-nishlari o‘zgaradi, o‘qituvchining ijodiy izlanishi, faoliyati natijasida yangilariham vujudga kelib, amalda qo‘llaniladi. Ko‘pincha o‘qitish darajasiga xos metodik usullarhajmini o‘qituvchi, murabbiyni ko‘proq bilishi ularning faoliyatiga baho berishda muhim rolp o‘ynaydi.
Tajribasiz o‘qituvchilarda baozan usuliyat – metodik usul-ning tashqi alomatlarini o‘zida mujassamlagandek ko‘rinishi mumkin. Masalan: ayrim mashqlarni bo‘laklarga ajratib o‘rgatish ularning tizimini yarata olmaslikka olib keladi, natijalar kutilganday bo‘lmaydi. Bu usul ko‘pholda metodik usulga o‘xshash bo‘ladi. Aslida u yangiharakatni o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan asosiy usuliyatdir.