XULOSA Shuni eslatib otish lozimki,dastur bu masalani yechish jarayonini ifodalovchi, ma'lum bir tilda ifodalangan, algoritm bolib, EHM bajaruvchi vosita hisoblanadi. Paskal tilida yozilgan dastur togridan-togri EHMga emas, balki biror bajaruvchiga muljallanki, unda qanday toifadagi qiymatlar bilan ishlay olishi va qoshimcha korsatmalarsiz qanday amallarni bajara olishi belgilab bolishi kerak.
U yoki bu masalani yechish uchun kattaliklar ustida bajarilishi kerak bolgan amallarni korsatish uchun algoritmik tilda operator tushunchasi xizmat qiladi.Dasturdagi har bir operator ma'lumotlarga ishlov berishning mustaqil, mantikan tugallangan bosqichini ifodalaydi. Paskalda operatorning 8 ta turi kozda tutilgan. Har qanday masalani yechish (bu berilgan ma'lum kattaliklardan) aniq qoidalar buyicha, berilgan kattaliklardan boshqa kattaliklarni keltirib chiqarish jarayonidan iboratdir. Yangi kattaliklarni hosil qilish qoidasi Paskalda ifodalar orqali beriladi. Oddiy hollarda masalaning yechimini bitta formula yordamida korsatish mumkin.Masalan, togri burchakli uchburchakni berilgan a va v katetlar uzunligi yordamida gipotenuza uzunligini topish uchun formula yordamida hisoblash otkazish kifoya. Mana shunday, berilgan ifodaga karab, yangi qiymatni hisoblash kidasini berish uchun paskal operatorlaridan biri ozlashtirish operatori ishlatiladi. Bunda berilgan formula buyicha hisoblangan qiymat biror ozgaruvchiga beriladi. Dastur tuzish jarayonida faqatgina ozlashtirish operatorlari bilan chegaralanishning iloji yoq. Dasturda hisoblashlarning barcha yollari kuzda totilgan bolishi va qanday hollarda u yoki bu hisoblash yoli tanlanishi kerakligi haqida axborot berilishi zarur.Hisoblash jarayonlarini tashkil etish uchun tanlash operatorlari va otish operatorlari kozda tutilgan.