Ma’ruza № 7
Mavzu: Garmonik tebranishlar. Tebranma harakat haqida tushuncha. Garmonik tebranishlarning tenglamasi. Titrash. Tebranishlarni qo’shish. Tebranma harakat dinamikasi. Tebranma harakat dinamikasi tenglamasi. Garmonik tebranma harakat energiyasi.
Mavzu rejasi
Tebranma harakat haqida tushuncha.
Garmonik va nogarmonik tebranishlar.
Garmonik tebranishlar kinematikasi. Garmonik tebranishlarning tenglamasi.
Garmonik tebranishlarni tasvirlashni amplituda-vektor usulining mohiyati.
Bir xil yo’nalishdagi bir xil chastotali tebranishlarni qo’shish.
Titrash (bienie).
O’zaro tik tebranishlarni qo’shish.
.
Tebranma harakat, tebranish, garmonik va nogarmonik tebranish, siljish, amplituda, tebranish chastotasi va davri, siklik chastota, faza, boshlang'ich faza, amplitudi–vektor usuli, bir tomonga va bir-biriga tik tebranishlarni qo'shish, tepkili tebranish, Lissaju shakllari, erkin va majburiy tebranishlar, avtotebranishlar.
1. Tebranma harakat tabiatda va texnikada ko’p uchraydi. Masalan, osma soat tebranishi, musiqa asbablarining torlari; va daraxt shoxlarining harakati –tebranma harakatdir.
Tebranish yoki tebranma harakat deb, jismlarning muvozanat vaziyati atrofida to’g’ri chiziq yoki yoy bo’ylab goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga siljigandagi harakatiga aytiladi. Tebranishlarning takrorlanishi ya’ni ularning davriyligi tebranishlarning eng asosiy alomatidir. Tebranishlar erkin va majburiy bo’ladi. Tashqi kuchning ta’sirisiz (ichki kuchlar ta’sirida) vujudga keladigan tebranishlarga erkin tebranishlar deyiladi. Tashqi davriy kuchlar ta’sirida vujudga keladigan tebranishlarga majburiy tebranishlar deyiladi. Yana bir turiga avtotebranishlar deyiladi. Avtotebranishda, tashqi kuchning ta’siri sistemaning o’zini vositasida amalga oshiriladi. Osma soat mayatnigining tebranishi avtotebranishdir. Tebranma jarayonlarning fizik tabiati va murakkablik darajasi jihatidan turlicha bo’lishga qaramay, ularning hammasi umumiy qonuniyatlar asosida ro’y beradi va garmonik tebranishlarga keltirilishi mumkindir. Garmonika so’zi grekcha «garmonikos»-kelishgan, xushbichim ma’nosini beradi.
2. Fizikaviy kattaliklarning vaqt o’tishi bilan sinus va kosinus qonuniga muvofiq davriy o’zgarishlariga garmonik tebranishlar deyiladi. Aksinchasiga esa nogarmonik tebranishlar deb ataladi. Garmonik tebranishlar tebranma harakatlar ichida eng muhimi bo’lishi bilan birga eng oddiysi hamdir.
Dostları ilə paylaş: |