Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi



Yüklə 230,32 Kb.
səhifə22/35
tarix14.12.2023
ölçüsü230,32 Kb.
#180379
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Ma’ruza №7 qattiq jismlarning deformatsiyalanishi-fayllar.org

Nazorat savollari 
1. 

To’lqin deb nimaga aytiladi? Qanday to’lqinlarni bilasiz?


2.

To’lqinlarning tarqalish tezligi qanday fizik kattaliklarga bog’liq?


3.

To’lqinlarning fazaviy va guruhli tezligini tushuntirib bering.


4.

Turg’un to’lqinlar va ularning tenglamasi qanday ko’rinishda?


5.

Dopler effekti deb nimaga aytiladi?


6.

Gyugens prinsipini tushuntirib bering.


7.

Tovushning tezligi nimaga teng?








Ma’ruza № 11 

MOLEKULYAR – KINETIK NAZARIYA ASOSLARI. IDEAL GAZ HOLATINING ASOSIY 

TENGLAMASI 

Reja:
1.

Tizimning mikroskopik xususiyatlarini o’rganishda statistik va termodinamik usullar.
2.

Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Molekulaning xarakteristikalari. Molekulaning


kattaligi. Modda miqdori. Avagadro, Dalton qonuni va Loshmit soni. 
3.
Ideal gaz va uning makroskopik parametrlari. Harorat. 

4.
Ideal gaz qonunlari. Holat tenglamasi. 


5.
Ideal gaz molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi. 

Tizimning mikroskopik xususiyatlarini o’rganishda statistik va termodinamik usullar. 
Molekulyar fizika va termodinamika – katta miqdordagi atom va molekulalarga bog’liq bo’lgan 

mikroskopik jarayonlarni o’rganadi. Bu jarayonlarni o’rganishda bir-biridan farqli va bir-birini


to’ldiruvchi ikki usuldan foydalaniladi: molekulyar kinetik nazariyaga asoslangan statistik usul va 
termodinamik usul.
Molekulyar fizika
– barcha jismlar doimo tartibsiz harakatda bo’lgan atom yoki molekulalardan 
iboratdir, degan molekulyar kinetik tushunchalarga asoslangan, moddalarning tuzilishi va
xususiyatlarini o’rganuvchi fizikaning bo’limidir.
Moddalar atomlardan tuzilgan, degan g’oya qadimiy grek filosofi Demokrit (eramizdan 460-370
y.ol.) tomonidan ilgari surilgan. Bu g’oya XVII asrda M.Lomonosov tomonidan yanada rivojlantirildi. 
XIX asr o’rtalarida nemis fizigi - R. Klauzius, ingliz fizigi Dj. Maksvell va avstriya fizigi - L.
Boltsman tomonlaridan molekulyar - kinetik nazariya yaratildi. 
Molekulyar fizika o’rganadigan jarayonlar – juda ko’p miqdordagi molekulalarning o’zaro ta’siri
natijasi bilan bog’liq jarayonlardir. 
Juda ko’p miqdordagi molekulalarning o’zaro ta’siri, holatiga bog’liq qonunlar – statistik usullar
orqali o’rganiladi. 
Makroskopik tizim xususiyatlari, pirovard natijada, tizim zarrachalari xususiyatlari, bu
zarrachalarning dinamik xarakteristikalarining o’rtacha qiymatlari va harakatlarining ayrim belgilari 
bilan aniqlanadi. Masalan, jismning temperaturasi uning molekulalari betartib harakatlarining o’rtacha
tezligi bilan aniqlanadi. 
Istalgan vaqtda har xil molekulalar har xil tezliklarga ega va bir-birlari bilan o’zaro ta’sirda
bo’ladilar. Molekula tezligi – faqat barcha molekulalar harakat tezliklari qiymatlarining o’rtachasi 
bilan belgilanadi. shuning uchun alohida molekulaning temperaturasi to’g’risida so’z yuritish mumkin
emas. Natijada jismning makroskopik xususiyatlari faqat katta mikdordagi molekulalarni hisobga 
olgan holda fizik ma’noga ega bo’ladi.


Yüklə 230,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin