SHunday qilib, odam kariotipidagi 13, 14, 15, 21 va 22- autosomalarning kichik elkasida
holatlarda juft holda turgan gomologik xromosomalar o‘zlarining yo‘ldosh iplari orqali bir-
birlari bilan o‘zaro bog‘lanib turadi. Anafazada bu xromosomalar o‘zlarining chigallashib qolgan
yo‘ldosh iplarini ajratishga ulgura olmaganliklari uchun ikkalasi birgalikda bitta qutbga tomon
ketadi. Natijada hosil bo‘lgan qiz hujayralarning bittasida xromosoma 47 ta bo‘lib, ikkinchisida
6.8-rasm. Maxsus, tanlanib bo‘yalgan odam xromosomalarining chizmasi.
YUqoridagi sistematikadan ko‘rinib turibdiki bitta guruhga kiruvchi xromosomalarni
ularning tashqi ko‘rinishiga qarab bir-biridan ajratish juda qiyin. Lekin bu xromosomalarni
maxsus, ya’ni tanlab bo‘yash usuli bilan bir-biridan ajratish mumkin. Xromosomalar bu usulda
bo‘yalganda bitta bo‘yokdan bir tekisda bo‘yalmasdan har xil bo‘lib bo‘yaladi. Xromosomalarni
bo‘yashdan oldin ularga tripsin ta’sir ettiriladi. Tripsin ta’sirida xromosomalardagi oqsillarning
strukturasi (tuzilishi) o‘zgaradi, ya’ni denaturatsiyaga uchraydi. SHunday xromosomalar
bo‘yalganda ko‘ndalangi bo‘yicha o‘ziga xos yo‘l-yo‘l bo‘lib bo‘yaladi. Bo‘yalish bo‘yicha bitta
xromosoma ikkinchisiga hech qachon o‘xshash bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi farqqa qarab har bir
xromosomani bir-biridan ajratsa bo‘ladi.
Agar xromosomalarning uzunligi va shakliga qarab juda aniq bir-biridan ajratish kerak
bo‘lsa, ularning idiogrammasi tuziladi. Idiogramma - barcha morfologik belgilari ko‘rsatilgan
gaploid to‘plam xromosomalarining grafik tasviri. Idiogramma tuzish uchun gaploid to‘plamiga
kiruvchi har bir xromosomalarda sentromeraning o‘rni, katta va kichik elkalarining uzunligi
kamida 10 ta hujayrada aniqlanadi. SHundan keyin o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha o‘rtacha
arifmetik qiymat chiqariladi. Olingan raqamlar asosida har bir xromosomaning uzunligiga qarab
birin-ketin grafik tasviri chiziladi.
Xromosomaning uzunasi bo‘yicha uning genetik jihatdan faolligi bir xil emas. Genetik
jihatdan faol qismimga euxromatin, faol bo‘lmagan qismiga esa geteroxromatin deyiladi.
Euxromatin asosan ishlovchi genlar to‘plamidan iborat. SHuning uchun bu qismdan juda ozgina
bo‘lakcha yo‘qotganda ham organizmda juda katta o‘zgarish sodir bo‘lib, oqibati xatto o‘limga
ham olib kelishi mumkin. Geteroxromatin esa odatda ishlamaydigan genlar to‘plamidan iborat,
chunki DNK molekulasi bu joyda juda spirallashgan holatda bo‘ladi. SHuning uchun
geteroxromatinning biror qismini yo‘qotganda ham organizm halok bo‘lmaydi.
SHunday qilib, odam somatik hujayralarida xromosomalarning soni 46 ta (23 juft), jinsiy
hujayralarda esa 23 ta bo‘ladi. Urug‘lanish paytida jinsiy hujayralar qo‘shilishadi. SHuning
uchun somatik hujayralarda, ham otadan ham onadan o‘tgan xromosomalar bo‘ladi.
Odam xromosomalarini o‘rganish asosida, hozirgi kunda ko‘pgina xromosoma
kasalliklari aniqlandi. Irsiy kasalligi bo‘lishi mumkin deb gumon qilingan kishilarning barchasi
uchun albatta ularning kariotipi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: