B guruh (4 - 5).Yirik submetatsentrik xromosomalar. Morfologik jihatdan ularni bir-biridan
ajratish juda qiyin.
S guruh (X, 6 - 12). O‘rtacha kattalikdagi xromosomalar. Bu guruh xromosomalarini shartli
ravishda 2 ta guruhchaga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhchaga 6, 7, 8 va 11-submetatsentrik
xromosomalar kiradi; 6-xromosomaning kichik elkasi o‘rtasida, 8 va 11-xromosomalarning esa
katta elkasining belbog‘i bo‘ladi. Ikkinchi guruhchaga 9, 10 va 12-xromosomalar kiradi.
Sentromerasining joylashishi bo‘yicha bu xromosomalar submetatsentrik bilanm akrotsentrik
xromosomalar o‘rtasidaturadi
D guruh (13 - 15). O‘rtacha kattalikdagi akrotsentrik xromosomalar. Bu xromosomalarni
morfologik jihatdan o‘zaro bir-biridan ajratish juda qiyin. Uchalasi ham yo‘ldoshli
xromosomalardir.
E guruh (16 - 18). Kichik xromosomalar, bir-biridan sezilarli farqqiladi. 16, 17 juft
submetatsentrik, 18 esa akrotsentrikka yaqinroq; 16-xromosomaning uzun elkasining
sentromeraga yaqin joyida ikkilamchi belbog‘i bor.
|