Ma’ruza foydali qazilmalarni qazib olish usullari. Ochiq usulda qazib olish nazariyasi. Reja


Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari, afzalliklari va kamchiliklari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix25.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#135020
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Ma\'ruza

Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari, afzalliklari va kamchiliklari. 
Konlarni yer osti usulida qazib olish ochiq usulda qazib olishdan sezilarli 
darajada farqqiladi. 
Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari: 
1. Foydali qazilmalarni qazib olish faqatgina bо‘sh tog‘ jinslarini olgandan 
sо‘ng amalga oshiriladi. Bо‘sh tog‘ jinslari, ya’ni qoplovchi tog‘ jinslari 
hajmi odatda foydali qazilma hajmidan 2-3 baravar ortiq bо‘ladi. Shuning 
uchun ham ochiq kon ishlarida asosiy xarajat ochish ishlari bilan 
bog‘liqdir. 
2. Ochiq kon lahimlarining о‘lchami barcha yо‘nalish bо‘yicha sezilarli 
darajada hamda katta о‘lcham va quvvatga ega bо‘lgan jihozlar va quvvati 
katta bо‘lgan portlovchi modda zaryadini qо‘llash imkonini beradi. 
3. Bо‘sh tog‘ jinslarini olib tashlash va foydali qazilmalarni qazib olish 
asosan ekskavator yordamida amalga oshiriladi. Ekskavator qо‘llanilganda 
burg‘ulash va portlatish ishlari natijasida maydalangan kon massasi 
ekskavator yordamida transport vositalariga yuklanadi va karyer yuzasiga 
chiqariladi. 
4. Ochiq kon ishlarida qо‘llaniladigan kon-transport jihozlari о‘lchamlari va 


yuqori unumdorligi bilan xarakterlanadi. 
Burg‘ulash ishlari aylanma, pnevmozarbli, sharoshkali va olovli burg‘ulash 
stanoklari yordamida amalga oshiriladi.Skvajina diametri 160-450 mm, chuqurligi 
20-60 m, skvajinadagi zaryad massasi 30-50 kg dan 500-600 kg gacha bо‘ladi. 
Kon massasini qazish va yuklash ishlarida bir kovshli va kо‘p kovshli 
ekskavatorlar qо‘llaniladi. Kon massasini tashish asosan temir yо‘l transporti, 
avtosamosvallar va lentali konveyerlar yordamida amalga oshiriladi. Bundan 
tashqari ochiq usulda qazib olishda buldozerlar, g‘ildirakli skreperlar, о‘zi yurar 
yuklagichlar va boshqa quvvatli jihozlar qо‘llaniladi. 
Kam hollarda gidromexanik usul bilan amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin